Zangazur yo’lagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zangazur yoʻlagi[1] — Ozarbayjonning asosiy qismini uning bir qismi boʻlgan Naxichevan Avtonom Respublikasi bilan bogʻlovchi transport yoʻlagi. Kengroq maʼnoda, Zangazur yoʻlagi Naxchivanni Ozarbayjon va Turkiya bilan bogʻlab, Naxchivandan Turkiyaga, u yerdan Oʻrta yer dengizi boʻylab boshqa gʻarb davlatlariga, bir soʻz bilan aytganda, mintaqa davlatlariga Xitoy, Markaziy Osiyo-Ozarbayjon-Turkiya-Evropa tranzit-transport liniyasidan foydalanish imkonini beradi. Natijada, Boku-Tbilisi-Kars temir yoʻli bilan birga, Ozarbayjon Naxchivan orqali Turkiya orqali Yevropaga kirish imkoniyatiga ega. Terter va Arpa daryolarining yuqori oqimidan Araz daryosigacha boʻlgan Zangazur yoʻlagi uzunligi taxminan 130 km, balandligi esa 3904 metrni tashkil etadi. Bu togʻ tizmasi bilan Qorabogʻ platosi orasida joylashgan hudud Zangi darasi deb ham ataladi[2].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan va 44 kun davom etgan ikkinchi Qorabogʻ urushida qariyb 30 yil davomida qoʻshni Armaniston egallagan 20 foiz hududinini qaytarib olib, gʻalaba qozondi. Armanistonning bosqinchilik siyosati natijasida bosib olingan qadimgi Ozarbayjon yerlari bosqindan ozod qilindi.[3].

Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlari tomonidan 2020-yil 10 noyabrda imzolangan uch tomonlama Bayonot ikkinchi Qorabogʻ urushiga Ozarbayjon gʻalabasi bilan chek qoʻydi. Fidoyilik, mardlik, qahramonlik va matonat bilan qoʻlga kiritilgan buyuk gʻalaba natijasi boʻlgan uch tomonlama Bayonot nafaqat harbiy harakatlar toʻxtatilishini, balki Armanistonning Janubiy Kavkazda qariyb 30 yil davomida olib borgan bosqinchilik siyosati natijasida mintaqada cheklangan iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash, rivojlantirish, ushbu yoʻnalishda global loyihalarni amalga oshirishning huquqiy asosini ham taʼminladi[4].

Ozarbayjonning Qorabogʻdagi tarixiy gʻalabasining muhim natijalaridan biri Naxichevandan Ozarbayjonga choʻzilgan Zangazur yoʻlagining ochilishi boʻldi[5]. 1921-yilda Sovet Rossiyasining Armanistonga hadya etgan yoʻlagi, bir vaqtlar boʻlinib ketgan, turkiy tilli oʻlkalarni ajratib, hozirgi geografik jihatdan ikki qismga boʻlingan qadimgi Zangazur nohiyasi orqali oʻtadi va turk dunyosi oʻrtasida quruqlik orqali aloqa oʻrnatadi, bugun bu oʻlkalarni bogʻlovchi yoʻlga aylanadi. Bu strategik yoʻl Naxichevan va Ozarbayjonning materik qismi oʻrtasida bevosita aloqani tiklash, avtonom respublikaning transport qamalidan chiqarish bilan birga tumandagi barcha iqtisodiy va transport aloqalarini qamaldan chiqarishga xizmat qiladi[2].

Adolatning tiklanishi boʻlgan Zangazur yoʻlagining ochilishi nafaqat Ozarbayjonda, balki butun turkiy dunyoda yangi bosqichning boshlanishi sifatida koʻrilmoqda. Yevropa va Osiyoni bogʻlaydigan asosiy yoʻnalish turk dunyosi oʻrtasida koʻprik boʻladi[6].

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Zangazur yoʻlagining ochilishi munosabati bilan soʻzlagan nutqida shunday dedi: „Zangazur yoʻlagining yaratilishi bizning milliy, tarixiy va kelajakdagi manfaatlarimizga toʻla javob beradi... Shu tarzda Ozarbayjon xalqi 101 yil oldin bizdan olingan Zangazurga qaytadi[7].

Naxichevan-Kars temir yoʻlining qurilishi ikki mamlakat oʻrtasida transport va aloqa aloqalarini kuchaytirish, tiklash, transport vositalari va yuklarni har ikki yoʻnalishda erkin harakatlanish imkonini beradi, bu bilan Naxichevan mintaqaviy transport tizimining asosiy subʼektiga aylanadi. Yaʼni, Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi transport aloqalarini yanada kengaytirish, Turkiya tomonidan Ozarbayjon bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat iqtisodiy, balki mintaqa xavfsizligi va barqarorligini oshiradi. Bularning barchasi har ikki mamlakat qudratini oshiribgina qolmay, mintaqada transport infratuzilmasining rivojlanishiga zamin yaratadi. Kars-Igdir-Aralik-Diluju-Sadarak-Naxichevan-Julfa temir yoʻl liniyasi Naxichevan Avtonom Respublikasining eksport imkoniyatlarini oshiradi va Naxichevanni mintaqaning muhim tranzit markaziga aylantiradi, uni Xitoy, Yevropa mamlakatlari, shuningdek Fors koʻrfazi mamlakatlari bilan bogʻlaydi[8].

Horadiz-Jabroil-Zangilan-Agʻbend avtomobil yoʻli ham Qorabogʻ va Sharqiy Zangazur hududida amalga oshirilgan va Ozarbayjonning bosib olingan tuman va qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim rol oʻynaydigan 10 ta yoʻl infratuzilmasi loyihalaridan biri hisoblanadi.Yangi Horadiz-Jabroil-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali ishgʻoldan ozod boʻlgan Fuzuliy, Jabroyil va Zangilan tumanlari hududidan oʻtadi va bu yoʻldan hozirda qurilayotgan Ahmadbeyli-Fuzuliy-Shusha, Shukurbeyli-Jabroil-Hadrut va Xudafarin-Gubadli-Lochin avtomobil yoʻllari aynan shu yoʻldan boshlanadi[9].

Shuningdek, Horadiz-Jabroil-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali strategik ahamiyatga ham ega. Hojigabul-Horadiz-Agʻbend-Zangazur yoʻlagi avtomagistrali tarkibiga kiruvchi bu yoʻl Zangilanni Ozarbayjon va Naxichevan Avtonom Respublikasining boshqa viloyatlari bilan bogʻlash nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Fuzuliy tumani Ahmadbeyli qishlogʻidan boshlangan avtomobil yoʻlining uzunligi 124 kilometrni tashkil etadi[10].

Qorabogʻni rivojlantirish rejasiga koʻra, Horadiz-Jabrail-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali texnik darajaga mos ravishda 6 va 4 qatorli qilib qurilmoqda. Yoʻlning birinchi 76 kilometrlik qismi 3 tadan qarama-qarshi yoʻnalishli yaʼni 6 qatorli, qolgan 48 kilometrlik qismi 2 tadan qarama-qarshi yoʻnalishli, yaʼni 4 qatorli boʻladi[11].

Zangazur yoʻlagi ham turk dunyosi, ham mintaqa davlatlari uchun kelajakka ochilgan darvozadir. Kavkazni tinchlik va taraqqiyot mintaqasiga aylantirishda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega boʻladigan bu yoʻlakdan oʻtuvchi transport, kommunikatsiya, infratuzilma loyihalari butun turkiy dunyoni birlashtirish bilan birga boshqa mamlakatlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.

Ozarbayjonning tarixiy hududi Zangazur orqali oʻtadigan kommunikatsiyalar mintaqaning tranzit xaritasiga muhim yangiliklarni kiritadi. Rossiya, Xitoy, Eron, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar uchun mintaqada yangi transport imkoniyatlarini yaratish kabi strategik ahamiyatga ega boʻlgan Zangazur koridori samarali transport infratuzilmasi boʻlib, xorijiy kompaniyalarning mintaqaga sarmoya kiritish istagini sezilarli darajada oshiradi.

Zangazur yoʻlagining ishga tushirilishi turkiy dunyo yalpi ichki mahsuloti hajmining oshishiga olib keladi, Turkiyadan boshlab, quruqlik yoʻllari orqali Ozarbayjon bilan, soʻngra Kaspiy dengizi orqali Markaziy Osiyo mamlakatlariga chiqish imkonini yaratilishini taʼminlaydi[12].

Zangazur yoʻlagining poydevorini yotqizish[tahrir | manbasini tahrirlash]

26 oktabr 2021-yilda Ozarbayjon Respublikasi hududida Horadiz-Jabrail-Zangilan-Agʻbend avtomagistrali - Zangezur yoʻlagiga asos solindi[13].

Zangazur yoʻlagi xalqaro hujjatlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 15 iyunida Shusha shahrida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi. Deklaratsiyada boshqa sohalar bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy aloqalarga oid masalalar ham oʻrin olgan. Deklaratsiyada aqlli transport tizimi texnologiyalaridan foydalangan holda xalqaro transport yoʻlaklarining Ozarbayjon-Turkiya qismida tranzit va transport salohiyatini yanada rivojlantirish, Ozarbayjon va Turkiyani bogʻlaydigan Zangazur yoʻlagini ochish, mintaqada transport-kommunikatsiya aloqalarini tiklash, xalqaro transport yoʻlaklarini targʻib qilish kabi dolzarb masalalar ham nazarda tutilgan[14].

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi Bosh kotibi Bagʻdod Amreyev: yana bir bor aminmanki, Ilhom Aliyevning rahbarligi va qatʼiyati tufayli turkiy dunyoni bogʻlovchi Zangazur yoʻlagida barpo etiladigan transport, kommunikatsiya, infratuzilma loyihalari aʼzo davlatlar, shuningdek, mintaqadagi barcha davlatlarning iqtisodiy rivojlanishiga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga muhim hissa qoʻshadi[15].

Iqtisodiy afzalliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zangazur yoʻlagi nafaqat Kavkaz, balki kengroq maʼnoda mintaqa uchun ham strategik ahamiyatga ega boʻladi.

Ushbu loyiha 1,1 trillion dollardan ziyod nominal yalpi ichki mahsulot boʻlgan turkiy tilli mamlakatlarni strategik va iqtisodiy jihatdan bogʻlaydigan yoʻlakni yaratishdan iborat. Turkiya 761,4 mlrd., Qozogʻiston 181,7 mlrd., Oʻzbekiston 57,9 mlrd., Ozarbayjon 48 mlrd., Turkmaniston 48 mlrd. va Qirgʻiziston 8,5 mlrd. dollar nominal YAIMga ega boʻlib, Zangazur yoʻlagi yetarli darajada katta iqtisodiy salohiyat va tabiiy resurslarga ega mintaqani birlashtiradi. Turkiya, bu yoʻlak yordamida asosiy iqtisodiy hamkorlaridan biri Ozarbayjonga toʻgʻridan-toʻgʻri quruqlikdagi marshrutni amalga oshiradi. Shubhasiz, bu, oʻz navbatida, ikki tomonlama iqtisodiy va turistik aloqalarning tezroq rivojlanishiga sharoit yaratadi. Boshqa tomondan, Zangazur yoʻlagi Turkiya uchun Oʻrta Osiyoga savdo darvozasi vazifasini ham oʻtaydi va bu oʻlkaning turk dunyosi bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashga imkon beradi[16].

Armaniston esa Zangazur yoʻlagining aytib oʻtilgan ustunliklaridan foydalansa, boshqacha aytganda mintaqaviy hamkorlikni maʼqul koʻrsa, ijtimoiy-iqtisodiy sohada ijobiy koʻrsatkichlarga erishishi mumkin. Avvalo, u iqtisodiy qamaldan chiqib, iqtisodiy taraqqiyotini amalga oshirish imkoniga ega boʻladi[17].

Tog’li Qorabog’da urush harakatlarini to’xtatish haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

İkkinci Qorabog’ urushining yakuni sifatida imzolangan Togʻli Qorabogʻdagi urush harakatlarini to'xtatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning 9-moddasida Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari bilan NaxchNaxichevan Avtonom Respublikasi oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlaydigan yoʻlak yaratilishi qayd etilgan. 9-modda:

Viloyatdagi barcha iqtisodiy va transport aloqalari toʻsiqdan chiqariladi. Armaniston Ozarbayjonning gʻarbiy hududlari va Naxichevan avtonom Respublikasi oʻrtasidagi transport aloqalarini kafolatlaydi. Transport nazorati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining chegara xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi

Deklarasiya shartlariga koʻra, Zangazur yoʻlagi 5 km kenglikdagi Lachin yoʻlagidan farqli ravishda hududiy yoʻlak emas, transport yoʻlagi vazifasini oʻtaydi.

Zangazur yo'lagi xalqaro matbuotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev „CNN Turk“ telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: „Zangazur koridorining ochilishi ko'p maqsadlarga xizmat qiladi. Ozarbayjon va Turkiya yangi transport loyihasi bilan birlashadi. Shu bilan birga, Ozarbayjon temir yoʻl orqali oʻzining ajralmas qismi - Naxchivan avtonom Respublikasi bilan bogʻlanadi. Bundan tashqari Armaniston nazoratida boʻlgan Gʻarbiy Zangazur hududida Mehri tumanida avtomobil yoʻli yotqizilishini talab qilamiz. Afsuski, Armaniston bunga norozilik bildirmoqda. Oxirgi kunlargacha u Zangezur yoʻlagining ochilishiga norozilik bildirdi. Qisqacha aytganda, bir necha kun oldin ularda eʼtiroz qilmaymiz degan ijobiy fikr bor edi. Biroq, Zangazur yoʻlagining toʻliq ishlashi uchun ham temir, ham avtomobil yoʻli boʻlishi kerak. Biz Bokuda mashinaga oʻtirib, u yerdan bemalol Turkiya va Naxchivanga keta olaylik. Bu mintaqa davlatlari uchun yangi imkoniyat boʻladi. Turkiya bu qisqa va alternativ yoʻl bilan oʻz mollarini Oʻrta Osiyoga tashiy oladi. Shunday qilib, u Yevroosiyoning yangi transport loyihasiga aylanishi mumkin. Biz buni allaqachon tashabbus sifatida koʻrsatdik. Bu yoʻlakni Zangazur yoʻlagi deb ham atadik. Bu allaqachon xalqaro leksikonga kiritilgan. Men Yevropa Ittifoqi bu masalada juda ijobiy yekanini bilaman. Yevropa Ittifoqi Kengashi Prezidenti Janob Sharl Mishelning yaqinda Bokuga tashrifi chogʻida biz bu borada keng fikr almashdik va ular, albatta, ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlamoqdalar“.[18]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Leyla Rashid. NATO doirasida mintaqaviy xavfsizlikning Ozarbayjon-Turkiya modeli. Xalq gazetasi - 2021. - Sentyabr 16. 197-son. - s. 6[19].
  • Nozim Mustafo. Ikki qardosh davlat mushtarak tarixining yorqin sahifalari 15 sentyabr - Bokuni ozod qilish kuni. Xalq gazetasi. - 2021.- Sentyabr 15. 196-son. - s. 5[20].
  • Vagif Bayramov. Qudratli Ozarbayjon kuchli mintaqa demakdir. Xalq gazetasi. - 2021.- Sentyabr 21. - No. 201. - s. 1-2[21].
  • Vagif Bayramov. Ozarbayjon Qorabog'ni tiklash missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Xalq gazetasi. - Sentyabr 2021-18. 199. - s. 1-2[22].
  • Ittifoq Mirzabeyli. "Qorabog' Turk dunyosining rivojlangan mintaqalaridan biriga aylanadi" Xalq gazetasi. - 2021. - Sentyabr 12. 194-son. - s. 1,4[23].
  • Ceyhun Mamadov, Ozarbayjon barcha strategik maqsadlarni amalga oshirishga qodir! Xalq gazetasi. - 2021.- Sentyabr 26. - 206-son. - s. 10[24].
  • Rashod Baxshaliyev. Ilhom Aliyevning BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi nutqi yengilmas qat'iyat ifodasi bo'ldi. Ozarbayjon. - 2021.- Sentyabr 25. - 205-son. - s. 1,7[25].
  • Qudrat Karimov. O'z xalqiga abadiy g'alaba keltirgan rahbar, 44-kun Vatan urushi xalqimizning buyukligi va g'ururini yana bir bor tasdiqladi. Ozarbayjon. - 2021.- Sentyabr 26. - 206-son. - s. 1,4.,
  • Lola Huseynova. Qorabog' va Sharqiy Zangazur Ozarbayjondir! Ozarbayjon Armiyasi.-2021.-25 avgust.- 66-son.- s. 5[26].
  • Karim Shukurov. Tarixiy G'alabadan Buyuk Qaytishga. Xalq gazetasi. - 2021.- Sentyabr 2. 185-son. - s. 1-2[27].
  • Ainura Panahgizi. Zangazur yo'lagi ochiladi, chunki bu faqatgina Armaniston va Ozarbayjon masalasi emas. Sharq.-2021.-31 avgust.- 155-son.- s.7[28].
  • Akbar Qoshali. Ozarbayjon haqiqatlari butun turk dunyosiga yoyilishi kerak. Xalq gazetasi. - 2021.- 9 sentyabr. 191-son. - s. 3.
  • Isa Habibbeyli. Buyuk qaytishning haqiqat va chaqiriqlari. Ikki sohil.-2021.-10 sentyabr.- 163-son.- s.8[29].

Tasvirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Zəngəzur dəhlizi: Bakı və Ankara nə qazanacaq?“. 2021-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
  2. 2,0 2,1 „Zəngəzur dəhlizi bölgədə regional işbirliyi“. www.respublica-news.az. 2021-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 oktyabr 2021. (Wayback Machine saytida 2021-11-03 sanasida arxivlangan)
  3. Azərbaycanın tarixi Zəfəri
  4. İlham Əliyev halqa müraciət edib
  5. „Azərbaycan ordusu şanlı zəfər çaldı“. 2021-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-dekabr.
  6. Zəngəzur dəhlizinin açılması ilə tarixi ədalət bərpa olunacaq
  7. Dövlət başçısı: “Azərbaycan xalqı 101 il bundan əvvəl bizim əlimizdən alınmış Zəngəzura qayıdacaq”
  8. Naxçıvan üzərindən Türkiyəyə çəkiləcək dəmiryolu xətti: "Böyük oyunçuların qazancı daha çox olacaq"
  9. Horadiz-Cəbrayıl-Zəngilan-Ağbənd avtomobil yolunun tikintisi davam edir
  10. Horadiz-Cəbrayıl-Zəngilan-Ağbənd avtomobil yolunun tikintisi davam edir
  11. Qarabağın sürətlə bərpası Azərbaycanın iqtisadi gücünü nümayiş etdirir
  12. Türk dünyası uzun illərdən sonra yenidən Zəngəzur dəhlizi vasitəsilə birləşəcək
  13. Horadiz-Cəbrayıl-Zəngilan-Ağbənd avtomobil yolunun tikintisi sürətlə davam etdirilir
  14. Azərbaycan ilə Türkiyə arasında müttəfiqlik münasibətləri haqqında Şuşa Bəyannaməsi imzalanıb
  15. Türkdilli Dövlətlərin Əməkdaşlıq Şurasının Baş katibi Bağdad Amreyevdən
  16. Qafqaz və region üçün yeni NƏFƏS
  17. Zəngəzur Dəhlizi Ermənistan üçün niyə vacibdir?
  18. Dövlət başçısı: "Zəngəzur dəhlizi Avrasiyanın yeni bir nəqliyyat layihəsinə çevrilə bilər"
  19. NATO çərçivəsində regional təhlükəsizliyin Azərbaycan-Türkiyə modeli
  20. İki qardaş ölkənin ortaq tarixinin parlaq səhifələri
  21. Güclü region qüdrətli Azərbaycan deməkdir
  22. Azərbaycan Qarabağı bərpa etmək missiyasını uğurla həyata keçirir
  23. “Qarabağ türk dünyasının inkişaf etmiş bölgələrindən birinə çevriləcək”
  24. Azərbaycan bütün strateji məqsədləri həyata keçirməyə qadirdir!
  25. BMT Baş Assambleyasının 76-cı sessiyasında Prezident İlham Əliyev qalib ölkənin Lideri kimi dünyaya mühüm mesajlar verdi
  26. İlham Əliyev və birinci xanım Mehriban Əliyeva Kəlbəcər və Laçın rayonlarında olublar
  27. Tarixi Zəfərdən Böyük Qayıdışa
  28. Zəngəzur dəhlizi açılacaq
  29. Böyük Qayıdışın reallıqları və çağırışları