Kontent qismiga oʻtish

Zamin fondi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zamin“ – bu xalqaro jamoat fondi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Xonimi – Ziroat Mirziyoyeva raisligida tashkil etilgan. Fond turli masalarda koʻmak va innovatsiya kiritish orqali faoliyat olib boradi.

Fondning maqsadi – mamlakatning barqaror rivojlanishiga va aholi turmush darajasini oshirishga koʻmaklashish.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fondning faoliyati uzoq muddatli, strategik ahamiyatga ega va barqaror loyihalardan iborat 3 yoʻnalishga asoslangan:

– atrof-muhit;

– ijtimoiy soha;

– xayriya tadbirlari.

Fondning oʻzbek tilidan tarjima qilingan „Zamin“ nomi oʻsish uchun asos, platforma va imkoniyat degan maʼnoni anglatadi.

Fond qamrovi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Atrof-muhit
  • Ijtimoiy soha
  • Xayriya tadbirlari

Vasiylik kengashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mirziyoyeva Ziroat Mahmudovna - Vasiylik kengashi raisi;
  • Lola Abduvohidovna - Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori;
  • Novitskiy Zinoviy Bogdanovich - Vasiylik kengashi aʼzosi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti loyiha rahbari, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori;
  • Abduqayumov Abdumannop Abdumajidovich - Vasiylik kengashi aʼzosi; Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari, bosh shifokor, tibbiyot fanlari doktori

Ijro etuvchi organ[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aliyeva Tamila Anvarovna - Ijro etuvchi organ rahbari

Atrof Muhit Loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish: Atmosfera havosining ifloslanishi har yili dunyo boʻylab 7 million nafardan ziyod odamning hayotiga zomin boʻlmoqda. Bugungi kunda havo sifati monitoringi jahonning 6000 dan ortiq shahrida olib borilmoqda. Muammoning dolzarbligini inobatga olib, Fond Gidrometeorologiya xizmati agentligi va BMTning Atrof-muhit boʻyicha dasturi (YUNYeP) bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilishni avtomatlashtirish boʻyicha loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha maqsadi – havoning ifloslanish darajasini va odamlar sogʻligʻiga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan havoni avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish. Loyiha doirasida monitoring.meteo.uz sayti va AirUz mobil ilovasi ishlab chiqilgan boʻlib, ular mamlakat boʻylab 71 ta (shu jumladan 8 ta avtomatlashtirilgan) kuzatuv shoxobchasini birlashtirgan hamda IQAir xalqaro platformasida taqdim etib boriladigan havoning ifloslanish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi. 8 ta avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalari oʻrnatildi. Havo monitoringining xalqaro standartlari uygʻunlashtirildi. Soha mutaxassislari uchun amaliy seminar-treninglar oʻtkazildi.
  • Buxoro viloyati umumtaʼlim maktablarida suv taʼminoti, sanitariya va gigiyena: Ichimlik suvining sifati, undan oqilona foydalanish aholi salomatligining barqaror yaxshilanishini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Loyiha maqsadi – Buxoro viloyatidagi markazlashtirilgan suv taʼminotiga ulanmagan umumtaʼlim maktablarida tayyor holda topshirish sharti bilan suv taʼminoti, sanitariya va gigiyena tizimlarini yaratish. Loyiha doirasida 2021–2022 yillarda bunday tizimlar Buxoro viloyatining 5 ta tumanidagi 16 ta maktabda tashkil etilgan boʻlib, 10 ming nafardan ziyod oʻquvchi qamrab olindi. Toza xavfsiz ichimlik suvidan loyihada ishtirok etgan maktablar joylashgan yashash maskanlaridagi 60 ming nafardan ziyod aholi bahramand boʻldi. Maktablarda YUNISYeF bilan birgalikda oʻquvchilar, oʻqituvchilar va aholi uchun sanitariya va gigiyena boʻyicha axborot-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. „Oʻzsuvtaʼminot“ mutaxassislari oʻz kompetensiyalarini oshirdi. 2023 yilda loyiha bilan yana 30 ta maktab qamrab olindi.
  • Yashil zamin: Shaharlarning jadal rivojlanishi va urbanizatsiyaning kengayishi munosabati bilan ekologik vaziyatning yomonlashuvi kuzatilmoqda, mintaqamiz iqlimining oʻziga xos xususiyatlari sababli yirik shaharlarda koʻkalamzorlashtirishning yetarli emasligi havo holati va aholi salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Loyiha maqsadi – Toshkentda koʻkalamzorlashtirish ishlariga tizimli yondashuvni joriy qilish hamda mavjud jamoat yashil hududlarini asrash va tiklash, yangilarini yaratish orqali koʻkalamzorlashtirilganlik darajasini shaharda farovon hayot kechirish koʻrsatkichlariga yetkazish; atmosfera ifloslanishidan himoyalanish, shuningdek, barqaror va yuqori hosildorlikni asrash uchun yashil toʻsiqlar yaratish; soha mutaxassislarining kompetensiyasini oshirish; shaharni koʻkalamzorlashtirish jarayonini raqamlashtirish; jamoatchilik, soha mutaxassislari va davlat idoralarining saʼy-harakatlarini birlashtirish.
  • Daraxtlar reyestri: Daraxtlar toʻliq xatlovdan oʻtkazilmagani va ularning reyestri yuritilmayotgani shaharsozlikni rejalashtirish bosqichida va yer maydonlarini ajratishgacha boʻlgan davrda oʻsimliklarni hisobga olish imkonini bermayapti, bu esa oʻsimliklarning nobud qilinishiga olib kelmoqda, ularning noqonuniy kesilishini oldini olishga toʻsqinlik qilmoqda va jarima sanksiyalarini qoʻllash imkoniyatlarini cheklamoqda. Loyiha maqsadi – daraxtlarni ularning barcha parametrlari va holatini koʻrsatgan holda toʻliq xatlovdan oʻtkazish orqali Toshkent shahridagi davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish. Daraxtlarning toʻliq hisobini yuritish, barcha daraxtlarni ularni asrash va parvarishlashni taʼminlash sharti bilan mas’ul idoralarga biriktirish.
  • Hosildor zamin: Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish ularning keskin qisqarishi, tuproqlarning tanazzulga uchrashiga olib kelmoqda, shuningdek, noyob mevali oʻsimliklarni asrashga tizimli yondashuv mavjud emasligi ularning toʻliq yoʻqolib ketishiga olib kelishi mumkin. Loyiha maqsadi – mintaqa uchun noyob boʻlgan va eng moslashgan mevali, yongʻoq-mevali va oʻrmon oʻsimliklarini yetishtirish boʻyicha koʻchatxonalar yaratish; suv va energiya tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, yetishtirishda tuproqdan oqilona foydalanish texnologiyalarini joriy qilish; koʻchatxonalar qoshida oʻquv markazlarini tashkil etish hamda yoshlarni, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlarini noyob agrobioxilma-xillikni asrash va rivojlantirish sohasida oʻqitish va bandligini taʼminlash, bunga sohadagi xorijiy ekspertlarni jalb qilish va ular bilan tajriba almashish. Tajriba loyihasi Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilmoqda.
  • Eco-schools Uzbekistan: „Zamin“ tomonidan Ekologik taʼlim fondi (FEE, Daniya Qirolligi) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha. Loyiha maqsadi – ekologiya uchun mas’uliyatni sezuvchi avlodni tarbiyalash, oʻquvchilarni barqaror taraqqiyot muammolari toʻgʻrisidagi xabardorlikni oshirish va maktabda atrof-muhitni yaxshilash boʻyicha amaliy tadbirlarga jalb qilish. Bugungi kunda loyihada Oʻzbekistonning 41 ta maktabi ishtirok etmoqda. 2 ta maktab oliy mukofot – Yashil bayroqqa sazovor boʻldi.
  • Yosh fermer: Tabiiy resurslardan oqilona va ekologik tarzda foydalanish bilan yaqindan bogʻliq boʻlgan maʼrifiy ekologik loyiha. Ishtirokchilar oʻquv davomida sogʻlom ovqatlanish, oʻsimliklarni yetishtirish, tuproqqa nisbatan toʻgʻri muomala qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallaydi. Loyiha maqsadi – bolalarning erta kasbga yoʻnaltirish vazifalarini hal etish, fermer kasbi hamda issiqxona xoʻjaligini yuritish asoslari bilan tanishtirish. Loyiha doirasida yosh fermerlar uchun yer va suvdan oqilona foydalanish hamda issiqxonalardan samarali foydalanish boʻyicha agroseminarlar oʻtkaziladi. Yosh fermerlar issiqxona qanday ishlashini, uni toʻgʻri joyga oʻrnatishni, yaxshi hosilga erishish uchun tuproqni oqilona tayyorlashni bilib oladilar.

Ijtimoiy Soha Loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yangi tugʻilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish: Eshitish qobiliyatini yoʻqotish muammosini hal qilishda birinchi qadam tashxis qoʻyishdir. JSST maʼlumotlariga koʻra, bolalarda eshitish qobiliyatini yoʻqotish holatlarining qariyb 60 foizini kasalliklarni profilaktika qilish, barvaqt aniqlash va davolash orqali oldini olish mumkin. Loyiha maqsadi – yangi tugʻilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini skrining qilish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplanadigan va tahlil qilinadigan yagona milliy platformani yaratish. Platforma bolaning tugʻilganidan maktab yoshiga kirgunga qadar eshitish qobiliyatining holatini muntazam monitoring qilish va zarur boʻlganda davolash jarayonini tuzatib borish imkonini beradi. Loyiha doirasida Toshkentda tajriba loyihasi amalga oshirildi: 15 ta tugʻruq markazi va 4 ta chaqaloqlar uchun bolalar shifoxonalarida skrining oʻtkazish uchun uskunalar sozlandi va foydalanishga topshirildi. Loyiha bilan butun respublika boʻylab 230 ta tugʻruq markazini qamrab olish moʻljallangan.
  • Eshitishida nuqsoni boʻlgan 5 yoshdan katta shaxslarni davolash va reabilitatsiya qilish: Toʻliq karlikka chalingan bolalarni reabilitatsiya qilishning eng samarali usuli koxlear implantatsiyadir. Muammo shundaki, bola koxlear implantatsiya uchun davlat dasturiga mos kelmasa, aksariyat ota-onalar operatsiyani oʻtkazishning moliyaviy imkonsizligiga duch keladilar. Loyiha maqsadi – koxlear implantatsiya va suyak tovush oʻtkazuvchanligi boʻyicha diagnostika qilish va operatsiyalar oʻtkazish; ota-onalar, oʻqituvchilar va shifokorlar uchun koxlear implantatsiyaning muhimligi va ahamiyati toʻgʻrisida oʻquv seminarlarini tashkil etish. Loyiha doirasida eshitishida nuqsoni boʻlgan 4626 nafar shaxs diagnostika qilindi; 122 nafar shaxsga koxlear implantatsiya va suyak tovush oʻtkazuvchanligi boʻyicha operatsiyalar oʻtkazildi: koxlear implantatsiyaning muhimligi va ahamiyati haqida ota-onalar, oʻqituvchilar va shifokorlar uchun 7 ta seminar oʻtkazildi.
  • Eshitishni xohlayman!: Bolaga eshitish qobiliyatida nuqson tashxisi qoʻyilsa, shifokorlar nutq buzilishi tuzatib boʻlmaydigan darajaga yetmasligi uchun eshitish aʼzosini protezlash amaliyotini tavsiya qiladilar. Eshitishsiz nutq rivojlanmaydi. Nutqsiz esa toʻlaqonli bilim olish, ishlash, boshqalarni tushunish va oʻzini ifoda etish ogʻir boʻladi. Loyiha maqsadi – diagnostika oʻtkazish va eshitish aʼzosini zamonaviy raqamli eshitish apparatlari bilan protezlash. Loyiha davrida eshitishida nuqsoni boʻlgan 5 000 nafardan ziyod shaxs diagnostika qilindi. Loyiha doirasida 9 600 ta zamonaviy raqamli eshitish moslamalari sozlab berildi va oʻrnatildi. 4 823 nafar odam hayotida tovushlarga toʻla yangi bosqich boshlandi.
  • Taʼlim muassasalarini zamonaviy assistiv uskunalar bilan jihozlash: Assistiv, yaʼni yordamchi uskunalar (audiosinflar, tovush-nutq trenajyorlari) eshitishida nogironligi boʻlgan odamlarning funksional imkoniyatlarini oshirish, qoʻllab-quvvatlash yoki yaxshilash uchun foydalaniladi. Uskuna ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilariga pedagog va tengdoshlarini eshitishiga yordam beradi, nutq koʻnikmalarini rivojlantiradi, oʻquv jarayonining samaradorligini oshiradi. Loyiha maqsadi – eshitishida nuqsoni boʻlgan odamlarga sifatli taʼlim olishi va jamiyatda moslashishiga yordam berish.
  • Chegarasiz bilimlar: Loyiha doirasida Fond Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida oʻqish uchun grant ajratadi. Grant eshitishida nuqsoni boʻlgan, OTMda tahsil olayotgan yoki shartnoma asosidagi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan talaba/abituriyentlarga, shuningdek, oila aʼzolaridan birining eshitishida nuqsoni boʻlgan talaba/abituriyentlarga tanlov asosida taqdim etiladi. Loyiha maqsadi – eshitishida nuqsoni boʻlgan talaba/abituriyentlarga, shuningdek, oila aʼzolaridan birining eshitishida nuqsoni boʻlgan talaba/abituriyentlarga oliy taʼlim olish imkonini taʼminlash. Grant Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan har qanday milliy, xorijiy yoki notijorat OTMga tatbiq etiladi. Grantlar miqdori umumiy tasdiqlangan mablagʻlar doirasidan kelib chiqib belgilanadi.
  • "TOʻSIQLAR" axborot kampaniyasi: 2021 yilning noyabr oyida „Zamin“ xalqaro jamoat fondi va YUNISYeF „TOʻSIQLAR“ deb nom olgan yillik kommunikatsiya kampaniyasiga start berdilar. Kampaniya maqsadi – nogironligi boʻlgan bolalarga nisbatan tamgʻa qoʻyish va kamsitishga barham berish. Kampaniya nogironligi boʻlgan odamlarga asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlashga koʻmaklashish, ular ushbu xizmatlardan foydalanishiga xalal berayotgan toʻsiqlar toʻgʻrisidagi xabardorlikni oshirish.
  • Inklyuziv taʼlim: „Zamin“ fondining inklyuziv taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihasi. Ekspertlar ishtirokidagi kompleks tahlildan soʻng taʼlim muassasalari uchun inklyuziv metodologiyani ishlab chiqish va takomillashtirish rejalashtirilgan. Loyiha maqsadi – inklyuziv taʼlimni rivojlantirish, individual xususiyatlari, avvalgi taʼlim muvaffaqiyatlari, tili, madaniyatidan hamda ota-onasining ijtimoiy va iqtisodiy mavqeidan qatʼi nazar barcha bolalarning taʼlim olishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash va taʼlimda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
  • Mehrli maktab: „Mehrli maktab“ – gospital pedagogikani rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekistondagi birinchi flagman loyiha. Loyiha maqsadi – uzoq vaqt davomida davolanishda boʻlgan bolalar uchun toʻsiqsiz taʼlim muhitini yaratish. Maktabda bemorlar taʼlimdan uzilmagan holda davolanishiga imkoniyat beruvchi toʻlaqonli oʻquv jarayoni tashkil etilgan. — Loyiha doirasida gospital pedagogika boʻyicha metodik qoʻllanma ishlab chiqish; — „Mehrli maktab“ taʼlim onlayn-platformasini yaratish; — OTMlarda bakalavriat va magistratura dasturlariga gospital pedagogika boʻyicha modulni kiritish; — „Mehrli maktab“ pedagoglarini oʻqitish uchun ilmiy-amaliy seminarlar oʻtkazish hamda maktabning respublika boʻylab filiallarini ochish koʻzda tutilgan. Bugungi kunda ular Toshkent, Andijon, Fargʻona va Nukusda ochilgan.
  • Zamin education: Loyiha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktab bilan birgalikda amalga oshirilmoqda va www.zamineducation.uz taʼlim platformasini ishlab chiqish, dasturlash, robototexnika boʻyicha taʼlim metodologiyasini joriy etish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʻqituvchilarining malakasini oshirishni oʻz ichiga oladi. Loyiha maqsadi – eshitishidan nuqsoni boʻlgan oʻquvchilar oʻz kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishini va jamiyatda ijtimoiylashuvini qoʻllab-quvvatlash. Loyiha doirasida Oʻzbekistonning 18 ta ixtisoslashtirilgan maktabida informatika sinfxonalari zamonaviy jihozlandi. Respublikaning barcha hududlarida IT va robototexnika boʻyicha mahorat saboqlari, inklyuziv IT oromgohlari muntazam oʻtkazilmoqda. 5200 nafar oʻquvchi oʻquv jarayonida assistiv uskunalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi. Taʼlim muassasalarining 1265 nafar oʻqituvchisi oʻquv jarayonida sifatli qoʻllash uchun assistiv uskunalardan foydalanishga oʻqitildi.
  • Zamin Creative: Oʻzbekiston yoshlarining salohiyatini aniqlash va rivojlantirish uchun ijod maktablari qoshida inklyuziv ijod studiyalarini tashkil etish. Loyiha maqsadi – barcha istovchilar oʻzaro muloqotda boʻlib, ijodiy koʻnikmalarni egallashlari mumkin boʻlgan inklyuziv muhitni yaratish. Loyiha Qarshi shahrida boshlandi, soʻng „Zamin Creative“ ijod studiyalari Toshkent, Andijon va Nukusda ochildi. Ijod studiyalari „Aktyorlik mahorati“, „Dizayn“, „Media“ yoʻnalishlarida ochilgan. Loyihaga Oʻzbekistonning taniqli dizayner va fotosuratchilari, xizmat koʻrsatgan artistlari jalb qilinmoqda.

Xayriya Tadbirlari Loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xavfsiz yordam: Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq karantin davrida butun dunyo murakkab sinovlarga duch keldi. „Zamin“ fondi „Xavfsiz yordam“ xayriya loyihasi doirasida oʻta ogʻir moliyaviy ahvolga tushib qolgan ayollarni qoʻllab-quvvatladi. Ayollar va yolgʻiz onalarni qoʻllab-quvvatlash gʻoyasi „Zamin“ jamoasini ruhlantirdi va „Xavfsiz yordam“ loyihasi bilan hamkorlikda moddiy yordam oʻtkazib berilgan bank kartlari tarqatildi. „Xavfsiz yordam“ loyihasi doirasida Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi moddiy yordamga muhtoj ayollarga hisobida 1 000 000 soʻm boʻlgan 5 000 ta karta topshirildi.
  • Sirdaryo, biz yoningdamiz!: 2020 yil may oyida Sirdaryo viloyatida texnogen halokat roʻy berdi. Fond jabr koʻrgan oilalar, bolalar va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlab, qayta tiklash ishlari faol olib borilayotgan davrda bolalar oromgohlari va sanatoriylarga taklif qildi. „Sirdaryo, biz yoningdamiz!“ xayriya aksiyasi davomida Sirdaryo viloyatining zarar koʻrgan 11 ta mahallasidan 2 940 nafar bola va 2 297 nafar pensioner 8 iyundan 10 iyulgacha boʻlgan davrda 10 kun muddatda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari va sanatoriylarda boʻldilar.
  • Nafas ol, Oʻzbekiston!: „Zamin“ fondi „Nafas ol, Oʻzbekiston!“ aksiyasini qoʻllab-quvvatladi va COVID-19 tashxisi bor bemorlarni davolash uchun kislorod kontsentratorlari va tibbiyot buyumlarini begʻaraz yetkazib berdi. Oʻzbekistonning barcha hududlaridagi tibbiyot muassasalariga 1035 dona kislorod kontsentratori, 6060 dona burun kanyulasi, 1010 dona havo filtri, 1010 dona pulsoksimetr, tibbiy niqoblar va himoya vositalari topshirildi. Kislorod kontsentratorlarining 132 tasi Muruvvat va sahovat uylarida oʻrnatildi, 55 tasi „Xizmat beminnat“ koʻngillilar harakatiga foydalanish uchun berildi. Shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir kislorod konsentratori fond logotipi va noyob raqam bilan belgilandi.
  • Mehr sahifalari: Fond va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma aksiyasi. Ushbu tashabbus „Temir daftar“ga kirgan oilalardagi yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan bolalarga operatsiyalar oʻtkazishni nazarda tutadi. „Temir daftar“ da bunday tashxisga ega shaxslar soni 300 nafardan ortiq. Operatsiyalar V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy markazi, Bolalar milliy tibbiyot markazi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va 5 ta hududiy tibbiyot markazlarida amalga oshirilmoqda. 2021 yilda 396 nafar bolaga zarur operatsiyalar oʻtkazildi.