Zamin banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zamin Bankidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"ZAMIN" BANKI — Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlataksiyadorlik ipoteka banki. OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 7 sent.dagi qaroriga koʻra, ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida 20 mln. soʻmlik ustav jamgʻarmasi bilan tashkil etilgan. Boshkaruvi Toshkent sh.da joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13 filiali bor. Bankning asosiy aksiyadorlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (60,7%), Moliya vazirligi (5,5%), "Bektemir universal bozori" ochiq aksiyadorlik jamiyati (8,8%), "Oʻzqishloqxoʻjalik-mashxolding" kompaniyasi (4,6%) va b. 1996 y.dan amaliyotlarni xorijiy valyutada olib borish uchun litsenziya olgan. Respublikadagi yer maydonlari va b. koʻchmas mulkni garovga qoʻyish asosida moliya mablagʻlarini jamlash va investitsiyalash; jismoniy va yuridik shaxslarga qisqa va uzoq muddatli hamda ipoteka kreditlari berish; yer egalariga kompleks kredithisob xizmati koʻrsatish; muomalaga ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish; kichik va oʻrta tadbirkorlik korxonalarini kreditlash, ipoteka kreditlari soqasida ilgʻor jahon tajribalarini joriy etish va b. vazifalarni bajaradi. Bank portfelining asosiy qismi xususiy, kichik va oʻrta biznes subʼyektlariga ajratilgan kreditlar (3,5 mlrd. soʻm)dan iborat. Us t a v jamgʻarmasi 1,235 mlrd. soʻm, oʻz kapitali 1,5 mlrd. soʻm, jami aktivlari 5,7 mlrd. Sum, kredit quyilmalari 4 mlrd. soʻmni tashkil qildi (2002).

Odil Mavlonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil