Teodors Zalkalns

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zalkalndan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Zalkaln, Zalkalns Teodor [1876.18 (30).11, hozirgi Latviyaning Riga tumani — 1972.6.12, Riga] — latish haykaltaroshi, Xalq rassomi (1957), BA ning haqiqiy aʼzosi (1947), Mehnat Qahramoni (1971). Peterburg (189399), Parij (18991901, O. Roden ustaxonasi)da tahsil koʻrgan. 1920 y.dan Rigada yashagan. Latviya BAda haykaltaroshlik kafedrasi mudiri (prof., 1944—58). 3. asarlari umumlashma shakli, tektonikasining katʼiyligi bilan ajralib turadi. Portretlar ("A. Kirxenshteyn", gips, 1946; "F. Blumbax", terrakota, 1956 va b.), qabr toshlar ("YA. Poruk", granit, 1930; "O. Latsis", granit, 1945 va b.), haykallar ("R. Blaumanis", granit, 1929; "A. Kronvald", bronza, 1938 va b.), animalistika asarlari, medallar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil