Kontent qismiga oʻtish

Zaharli oʻsimliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zaharli oʻsimliklar - tarkibida zaharli moddalar bor oʻsimliklar. 3. oʻ. 2 guruhga boʻlinadi: 1) haqiqiy 3. oʻ. — zaharlilik turning xususiy belgisi hisoblanadi; 2) shartli 3. oʻ. — turdagi ayrim oʻsimlik zaharli boʻladi (mas, zigʻir va oq joʻxori ayrim hollarda sianid kislota chiqaradi). Haqiqiy 3. oʻ.ning 10 ming turi bor. Asosan, subtropik va mamlakatlarda oʻsadi, mas, zaqqum. Oʻsimliklarningzaharliligi ulardagi turli organik birikmalar — alkaloidlar, glikozidlar, glikoalkaloidlar, efir moylari, kislotalar, laktonlar, toksalbuminlar, smolali organik moddalarning miqdoriga bogʻliq. Bu moddalar oʻsimliklarning turli organida toʻplanadi (mas, parpi va morolquloqning , asosan, ildiz poyasida, angishvonagulning bargida va hokazo). 3. oʻ. barcha jonivorlarga bir xilda taʼsir etmaydi. Mas, odam uchun zaharli belladonna va bangidevona quyon va qushlarga mutlaqo zararsiz, piretrumning baʼzi turlari hasharotlarga zararli boʻlsa, isiqqonli hayvonlar uchun zararsiz; dengiz piyozi kemiruvchilarga zaharli, boshqa hayvonlar uchun zararsiz va hokazo. Zaharli moddalar oʻsimlikning turli oʻsish davrlarida toʻplanadi. Oʻsimlikning zaharliligi ular koʻkarib turganida qurigandagisiga qaraganda koʻproq boʻladi, baʼzilarida esa kurigandan keyin zaharliligi butunlay yoʻqoladi. Maye, uchma, ayiqtovon va b. Koʻpchilik 3. oʻ.ning dorivorlik xususiyatlari ham bor (isparak, qizgʻaldoq, koʻknori, achchiqmiya va b.). Bulardan olinadigan preparatlar har xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil