Kontent qismiga oʻtish

Za nas s vami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Za nas s vami
Rejissyor(lar) Andrey Smirnov
Prodyuser(lar) Andrey Smirnov
Ssenariynavis(lar) Andrey Smirnov
Rollarda
  • Yuliya Snigir
  • Aleksandr Ustyugov
  • Aleksandr Kuznetsov
  • Andrey Smolyakov
  • Irina Rozanova
  • Leonid Yarmolnik
  • Galina Tyunina
  • Marina Kleshchyova
Chiqarilgan sanasi
  • 26-may, 2023-yil(2023-05-26)
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Til ruscha

Za nas s vami – rossiyalik rejissyor Andrey Smirnovning tarixiy drama filmi boʻlib, unda Yuliya Snigir, Andrey Smolyakov, Dmitriy Kulichkov va Irina Rozanova kabi aktyor va aktrisalar bosh rollarni ijro etishgan.

Syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film voqealari 1952-yil oxiri va 1953-yil boshlarida Moskvada boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar kommunal kvartirada yashovchi hamda antisemitizm va stalinistik terrorning qurboni boʻlgan Petkevichlar oilasining aʼzolari bilan sodir boʻladi[1].

Filmdagi bosh rollardan birining ijrochisi Yuliya Snigir intervyularining birida film haqida quyidagicha fikr bildiradi: „Siz qaygʻuli va ogʻir hikoyaga tayyorlanmasligingiz kerak. Aslida, bu sevgi haqidagi film. Sevgi hayotdagi eng asosiy narsa va u hamma narsaga bardosh berishga imkon yaratadi“[2].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yuliya Snigir – Dina (Ariadna)[3]
  • Andrey Smolyakov – Pyotr Kazimirovich Petkevich, falsafa professori, Dinaning otasi
  • Irina Rozanova – Anjelina Fedorovna, Pyotr Kazimirovichning rafiqasi, Dinaning onasi
  • Aleksandr Ustyugov – Boris, Dinaning eri
  • Aleksandr Kuznetsov – Ivan, davlat xavfsizlik kapitani, Dinaning sevgilisi
  • Kseniya Rappoport – Zina Luri, Dinaning hamkasbi va doʻsti
  • Leonid Yarmolnik – Dorfman, Petkevichning qoʻshnisi
  • Ivan Dobronravov – Oleg Rutkovskiy, aspirant
  • Nina Amelina – Raisa
  • Dmitriy Kulichkov – Vasiliy, Raisaning eri
  • Galina Tyunina – Ester Davydovna, Dorfmanning rafiqasi
  • Marina Kleshcheva – Klava, Petkevichning qoʻshnisi
  • Evdokia Germanova – Evstolya Dmitrievna, Vasiliyning onasi

Suratga olish ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film rejissyori va ssenariy muallifi „Belarusskiy vokzal“ filmi bilan tanilgan sovet kinosining patriarxi Andrey Smirnov boʻlgan.

Bosh rollarni Yuliya Snigir, Andrey Smolyakov, Dmitriy Kulichkov, Irina Rozanova kabi kinoyulduzlar ijro etishgan. Film ssenariysi Snigir tomonidan yozilgan.

Suratga olish ishlari 2022-yilning fevral oyidan may oyigacha Moskva va Torjok shaharlarida boʻlib oʻtgan. Film Marmot-film kompaniyasi leybli ostida namoyish etilgan[4].

Film haiqidagi fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film ProfiCinema veb-sayti bergan maʼlumotlarga koʻra yilning eng koʻp kutilgan filmlari roʻyxatiga kiritildi[5].

Film matbuotda deyarli faqat ijobiy sharhlarni oldi[6]. „Kino sanʼati“ jurnali muxbiri Yelena Stishova film haqida shunday yozgan: „Rejissor yana bir bor bizning davrimizning ogʻriqli nuqtasiga urdi“[7]. Valeriy Kichin esa „Film hech narsaga qaramay, qahramonlarga umid berishga qodir boʻlgan sevgining kuchayishi bilan tugaydi“ deb yozgan boʻlsa, Mixail Shukin „Rus ruhi va milliy hayoti uchun ideal metafora“ deb fikr bildirdi[8][9]. Neytral, ijobiy boʻlmagan sharh faqat „Literaturnaya gazeta“ tomonidan nashr etilgan boʻlib, gazetadagi maqolada jurnalist Aleksandr Kondrashov quyidagicha fikr bildirgan: „Bu yerda hamma narsa muallifning fikriga qoʻshilishimiz uchun oʻylab topilgan“[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]