Yuvenil suvlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yuvenil Suvlardan yoʻnaltirildi)

Yuvenil suvlar — Yer qaʼrining oʻta chuqur joylaridan va yuqori mantiyadan ajralib chiqadigan bugʻlardan, ehtimol N va O ning dissotsiatsiyalangan (tarkibiy qismlarga ajralgan) atomlaridan hosil boʻlgan suvlar. "YU.s" termini fanga 1902-yilda E.Zyuss tomonidan kiritilgan. Uning fikricha, Yuvenil suvlarning hosil boʻlishiga magma sovishida ajralib chiqqan bugʻlar yoki gidrat minerallar tarkibidagi kristallizatsion (minerallarning kristall panjarasidagi molekula koʻrinishidagi) va konstitutsion (minerallarning kristall panjarasidagi ion shaklidagi) suvlar sabab boʻladi.