Yusufxon eshon maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yusufxon Eshon Maqbarasidan yoʻnaltirildi)

Yusufxon eshon maqbarasi — Fargʻona viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (18-asr). Maqbara peshtoqgumbazli ziyoratxona va panjara bilan oʻralgan qabrdan iborat. Peshtogʻi hashamatli, ganchkori oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Uning 2 yoniga guldasta ishlangan. Ziyoratxona gumbazi yulduzsimon 20 qirrali poygumbazga oʻrnatilgan. Xona burchaklariga muqarnaslar ishlangan.