Yusra Mardini
| Yusra Mardini | |
|---|---|
|
Fayl:Mardini 2016da Mardini 2016da | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | Ayol |
| Fuqaroligi | Suriya |
| Tavallud sanasi |
1998-yil 5-mart Darayya,Damashq,Suriya |
| Boʻyi | 1.68m(5ft 6in) |
| Sport | |
| Qaysi sport | Yakka tartibda suzish, Butterfly stroke |
| Murabbiy(lar)i | Radwan Ali Obeidat, Adam Ali AiQatawneh va Sven Spannenkrebs |
Yusra Mardini 1998-yil 5-martda tugʻulgan.U Suriyalik sobiq suzuvchi boʻlib, Suriya fuqorolik urushi qochqini boʻlgan.U 2016-yilda Rio-deJaneyroda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida "Muhojirlar Olimpiyasi" sportchilar jamoasi a'zosi boʻlib qatnashgan.U 2017-yil 27-aprelda BMTning Maldini qochqinlar komissarligining "Yaxshi niyat" elchisi sifatida tayinlangan.Shuningdek, u 2020-yil Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinida MUhojir Olimpiya jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mardini Damashq chekkasida joylashgan Darayya shahrida yashagan va Suriya Oliy Kengashi yordami bilan suzish boʻyicha ta'lim olgan.U 2012-yilda boʻlib oʻtgan Fina suzish boʻyicha jahon chempionatida qatnashib, yakka tartibda 200 metr(25m) va erkin usulda 200 metrga va 400 metrga suzib Iroq davlatini himoya qilgan.
Mardini va uning singlisi Sara 2015-yil avgust oyida Suriyadan qochishga qaror qilishadi. Ular Livan va Turkiyaga yetib kelishadi va 18 nafar boshqa muhohirlarga qoʻshilib, 6-7 nafar odamga moʻljallangan qayiqda Geretsiyaga noqonuniy yoʻl orqali yashirincha oʻtib ketishga kelishib oladilar.Qochish davomida,qayiqning dvigatili Egey dengizi oʻrtasida ishlamay qoladi va suzishni bilgan Sara, Yusra va yana 2kishi 3 soat davomida suvga tushib qayiqni itarib va tortib Lesbos oroliga yetib kelishadi.Keyin ular Yevropa davlatlarini piyoda yurib oʻtib,2015-yilda Germaniyaning Berlin shahriga kelib joylashishadi.Uning ota-onasi va kichik singlisi Shaed ham Suriyadan qochib Germaniyaga koʻchib kelishadi.
Suzish karerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mardini Germaniyaga yetib kelgach,Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olish uchun Berlandagi Easserfreunde Sapandau04 jamoasi murabiyi Sven Spannenkresdan tahsil olib, mashgʻulotlarini davom ettira boshlaydi.U erkin suzish turida 200 metrga suzish boʻyicha oʻtkazilgan saralashga harakat qiladi.Mardini 2016-yilning iyun oyida EOR uchun saralangan sportchilarning biriga aylanadi.Mardini 2016-yili Rio-de Joneyrada oʻtkazilgan Yozgi Olimpiadada 100 metrga erkin suzish va 100 metrga kapalak usulda suzish turida qatnashadi.Rio Olimpiadasida Mardini 100metrga kapalak suzish usulida 4kishi bilan bellashib,1:09,2 daqiqa natija bilan gʻalaba qozonadi va 45 ishtirokchi orasidan 41-oʻrinni egallaydi.
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax qochqinlar haqida:" Biz ularga urush va zoʻravonlikdan qochishga majbur boʻlganda ham sportdagi yuksak orzularni roʻyobga chiqarishga yordam beramiz" deb aytadi.
Mardini 2017-yil oktyabrda Under Amour sport brendini ifodalovchi xalqaro sportchilar jamoasiga qabul qilinadi. Under Amour kompaniyasining Yevropadagi boshqaruvchi direktori Kris Beyt Mardini haqida shunday deydi "Biz uning harakatchanligi va yutuqlaridan ham sportchi ham inson sifatida faxrlanamiz".
Mardini 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiodada ishtirok etib,ochilish marosimida qochqinlar terma jamoasi tarkibida qatnashib, jamoa bayrogʻini koʻtarib chiqadi. U ayollar oʻrtasida 100 metrga kapalak usulda suzish boʻyicha bahslashib, qizgʻin bahslard 1:06,78 natija bilan qatnashadi va yarimfinal bosqichiga oʻtgan eng kuchli 16talik tarkibiga qabul qilinadi.
Saraning Mardini uchun qilgan harakatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniyadan siyosiy boshpana olganidan so‘ng Sara Mardini 2016-yil kuzida Lesbos oroliga qaytib keldi. U o‘zi kabi qochqinlarni qo‘llab-quvvatlovchi Gretsiya nodavlat tashkilotiga qutqaruvchi va inson huquqlari faoli sifatida qo‘shildi. 2018-yilning 17-fevralida Sara Mardini va o‘qitilgan qutqaruvchi g‘avvos va xuddi shu nohukumat tashkilotning ko‘ngillisi Shon Binder Gretsiya rasmiylari tomonidan jinoiy tashkilot a’zoligi, odam savdosi, pul yuvish va firibgarlikda ayblangan. Uch oydan ortiq tergov hibsxonasidan so‘ng ular garov evaziga qo‘yib yuborildi va Gretsiyadan Berlinga jo‘nab ketishi mumkin edi. 2021-yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi sud majlisida Lesbosdagi Gretsiya sudi sud jarayonini keyinga qoldirdi va ishni yuqori sudga yubordi.
Ommaviy madaniyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mardinining hikoyasi Elena Favilli va Francheska Kavalloning "Isyonchi qizlar uchun xayrli tun hikoyalari" qisqa hikoyalar toʻplamida tasvirlangan. Hikoya JM Kuper tomonidan tasvirlangan va hikoya podkast epizodi sifatida chiqarilganda uni amerikalik jurnalist va uzoq masofaga suzuvchi Diana Nyad aytib bergan.Bundan tashqari, irlandiyalik musiqachi Deklan OʻRurk Yusraning hikoyasini eslash uchun "Olimpiyachi" qoʻshigʻini yaratgan.
2018-yil 3-mayda uning tarjimai holi “Kapalak: qochqindan olimpiyachiga – mening qutqarish, umid va g‘alaba haqidagi hikoyam” kitobi chop etildi. 2022-yil noyabr oyida Mardiniy hayotidan ilhomlangan va “Suzuvchilar” deb nomlangan biografik film kinoteatrlarda namoyish etildi va oʻsha oyning oxirida Netflix’da tarqatildi. Filmda bosh rollarni Manal Issa, Natali Issa, Ahmad Malek ijro etgan.