Kontent qismiga oʻtish

Yumshoq puding

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yumshoq puding (inglizcha: Rag Pudding — shirin taʼmga ega boʻlmagan ingliz taomi boʻlib, charvi yogʻiga qorilgan xamir ichiga, keyin esa dokaga oʻrab pishiriluvchi goʻsht qiymasi va piyozdan iborat[1][2][3].

Taom 19-asrda Oldemda, sobiq sanoat yoʻldosh shaharchasi, ilgari Angliyaning paxta sanoati markazi boʻlgan „tegirmon shahar“ — (mill town) — Lankashirda oʻylab topilgan. Aytishlariga qaraganda, yumshoq puding tegirmon ishchilarining qornini oddiy, ammo yuqori kaloriya ega boʻlgan, oz miqdorda goʻsht solib pishiriluvchi taom bilan toʻydirish maqsadida oʻylab topilgan[4]. Yumshoq puding pishirish usuli maxsus sopol idishlar va polietilen paketlardan oldin paydo boʻlgan, shuning uchun ham taomni tayyorlashda Oldemda keng tarqalgan paxta yoki muslin matolaridan foydalanilgan. Bu inqilobiy yangilik edi, chunki ilgari bu turdagi pudingni tayyorlash uchun hayvon ichaklari (oshqozoni) kerak boʻlgan, bu esa uni tansiq va maxsus taomga aylantirgan, biroq pazandachilikka arzon matolar kirib kelishi bilan nordon va shirin pudinglar inglizlarning kundalik yeguligiga aylanib qoldi. Mahalliy oshpazlarning taʼkidlashicha, yumshoq puding — birinchi marta puding tayyorlayotgan insonlar uchun ayni muddao, chunki bu retseptda „biror narsaning oʻxshamay qolishi ehtimoli juda kam“[5].

Mazkur puding tarkibi va tayyorlanish usuli boʻyicha steyk va mol buyragidan tayyorlanadigan pudingga oʻxshab ketadi, unda tarkibiy masalliqlar xamirga oʻraladi va plita ustidagi bugʻ idishida sekinlik bilan pishiriladi. Yumshoq pudingni Lankashirdagi anʼanaviy va mahalliy goʻsht doʻkonlaridan sotib olish mumkin.

  1. Lancashire local delicacies
  2. Albert Jack. What Caesar Did For My Salad. Penguin Group, 2010. ISBN 978-0-14-192992-7
  3. Brian Yarvin. Ploughmanʼs Lunch and the Miser’s Feast. Harvard Common Press, 2012. ISBN 978-1-55832-413-8
  4. Rag Pudding (Rag Pie)
  5. A rag pudding from Robert Owen Brown and its surprising variation