Yuliya Obertas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yulia Obertas
Shaxsiy maʼlumotlari
Ikkinchi ismi Julia Horak (married)
Davlat Rossiya
Tavalludi 19-iyun 1984-yil (1984-06-19) (39 yosh)
Dnipropetrovsk
Boʻyi 1.54 m (5 ft 1 in)
Oldingi sheriklari Sergey Slavnov
Oldingi jamoalari Yubileyny
Uchishni boshlagan 1989
Yakunlagan 2008
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 63.59
Erkin dastur 117.98

Yulia Nikolayevna Obertas (ruscha: Юлия Николаевна Обертас; ukraincha: Юлія Обертас; 1984-yil 19-iyunda tugʻilgan) juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi boʻlib, 2000-yilgacha Ukrainani, keyin esa faoliyatining oxirigacha Rossiyani himoya qilgan. 2003-yildan 2007-yilgacha Sergey Slavnov bilan juftlikda konkida uchgan va tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. Juftlik 2005-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindorlaridir.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obertas konkida uchishni 5 yoshida boshlagan. U dastlab Ukraina vakili Dmitriy Palamarchuk bilan birga musobaqalarda chiqish qilgan. Juftlik 1998 va 1999-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan. Shuningdek, ular 1997 va 1998-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida gʻalaba qozonishgan. Keyinchalik juftlik kattalar toifasidagi musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2000-yilgi Jahon chempionatida Obertas / Palamarchuk juftligi qisqa dastur namoyishidan soʻng 10-oʻrindan joy olgan. Fransiyaning Nice shahrida boʻlib oʻtgan bu musobaqada Palamarchikka tibbiy yordam koʻrsatilmagan. Palamarchuk muz ustida bir necha daqiqa yotgan va oʻrnidan turib muzni oʻzi tark etgan, lekin bir ozdan soʻng hushini yoʻqotib, kasalxonaga yotqizilgan. Koʻp oʻtmay, juftlik hamkorligini tugatgan.

Slavnov bilan hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obertas va Slavnov murabbiy Tamara Moskvina bilan, 2004-yil.

Obertas Sergey Slavnov bilan 2003-yil avgust oyidan boshlab birga konkida ucha boshlagan.

Juftlik 2005-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan. 2005 — 2006-yilgi mavsumda ular Yevropa chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik Olimpiada va Jahon chempionatida ishtirok etib, sakkizinchi oʻrindan joy olgan[1].

2006 — 2007-yilgi mavsum boshida Obertas / Slavnov juftligi Lyudmila Velikova murabbiyligiga qaytishga qaror qilgan. Bu juftlik 2006 Trophee Erik Bompard musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2006 NHK Trophy turnirida 6-oʻrindan joy olgan. 2007-yilgi Rossiya chempionatida juftlik kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2007-yilgi Yevropa chempionatida qatnashish uchun yoʻllanma oldilar. Juftlik Yevropa chempionatida 4-oʻrinni egallagan. Ular jahon chempionatida qatnashmadi[2].

Bu juftlik Obertasning jarohati tufayli 2007 — 2008-yilgi mavsumni oʻtkazib yuborishlarini eʼlon qilishgan. 2008-yilning yozida ular 2008 — 2009-yilgi mavsum boshlanishini oʻtkazib yuborishlarini, ammo Rossiyaning milliy musobaqalarida qatnashishlari mumkinligini aytishgan. 2008-yilning kuzida Obertas „Rossiya 1“ telekanalida efirga uzatilgan "Yulduzli muz" (ruscha: Звёздный лёд) shousida ishtirok etgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slavnov bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2006/2007

  • Libertango
  • Ástor Piazzolla
  • Dark Angel
    Edvin Marton
  • Virtuosi
    Edvin Marton
  • Carmina Burana
    Edvin Marton
2005/2006

2004/2005

  • Les Rois du Tsigane

    Joska Nemeth and Paul Toscano
  • Katiusha

    (Rus xalq qoʻshigʻi)

  • The Truman Show
    Burkhard Dallwitz
  • Secret Garden
    Rolf Løvland
2003/2004

  • Esperanza
    Maxime Rodriguez
  • The Truman Show
    Burkhard Dallwitz
  • Secret Garden
    Rolf Løvland

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Slavnov bilan Rossiya vakili sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obertas va Slavnov 2004-yilda
Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2003/04 2004/05 2005/06 2006/07
Olimpiada 8
Jahon chempionati 7 5 8
Yevropa chempionati 4 2 4 4
Gran-pri finali 4 5
GP Bompard 3
Rossiya GP kubogi 5 2 2
GP NHK Trophy 6
GP Skate America 2 3
GP Skate Canada 6
Bofrost Cup 2
Milliy
Rossiya chempionati 3 3 2 2
GP = Gran-pri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Julia Obertas“ (it). Artistico Ghiaccio Feltre (2010-yil 1-sentyabr). 2012-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-mart.
  2. „SKK'S TRÄNARE“ [SKK's coaches] (sv). STOCKHOLMS KONSTÅKNINGSKLUBB. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-may.
  3. „Horak Radek“ (it). Artistico Ghiaccio Feltre (2010-yil 27-avgust). 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.