Yulduz turkumlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yulduzlar turkumidan yoʻnaltirildi)

Yulduz turkumlariyulduzlarni topish va belgilashni osonlashtirish uchun osmon gumbazining shartli ravishda ajratilgan qismlari; eng yorqin yulduzlar hosil qilgan oʻziga xos shakllar. Ular afsonaviy qahramonlar (Mars, Gerkules, Persey, va boshqalar), hayvonlar (Ilon, Katta it va boshqalar) va narsalar (masalan, Mezon, Qalqon va boshqalar)ning nomi bilan atalgan. Yulduz turkumlarining eng yorqin yulduzlari yunon harflari (a, r\ u va boshqalar) bilan belgilanib, bu harflar yoniga yulduz turkumining nomi yoziladi (masalan, Aravakashning a si), ravshanligi pastroq yulduzlar lotin harflari va raqamlari bilan belgilanadi. Butun osmon gumbazi 88 ta yulduz turkumlariga boʻlingan[1].

Yulduz turkumlarining tarixi

Yulduzlarni turkumlash uzoq o'tmishga borib taqaladi. Qadimda odamlar yulduz turkumlaridan o'zlarining dunyo qarashlari, tajribalari, yaratuvchanligi va hattoki diniy va ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan afsonalarni o'rganish uchun foydalanishgan. Turli xil madaniyatlar va mamlakatlar o'zlarining yulduz turkumlarini ixtiro qilgan, va shu kabi harakatlar 20-asrning boshlariga qadar ya'ni aniq faktlar asosida yulduz turkumlari yig'ilgunga qadar davom etgan.

O'n ikki (yoki o'n uch) qadimiy yulduz turkumlari burjlar bilan bog'liq bo'lgan (quyosh va oy tutilishini o'z ichiga olib, va kesib o'tuvchi sayyoralar). Burjlarning tarixiy kelib chiqishi hali hanuz noma'lum bo'lib kelmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Yulduz turkumlari" OʻzME. Yu-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil