Yulduzlar aybdor (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

«Yulduzlar aybdor» (inglizcha: The Fault in Our Stars) — amerikalik yozuvchi John Greenning oltinchi romani, 2012-yilda nashr qilingan. Publishers Weekly tomonidan 2013—2014-yillardagi bestsellerlar qatoriga qoʻshilgan

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xeyzel Greys Lankaster — 16 yoshli oʻpkada mestastaza qoldiradigan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan qiz. U har hafta koʻmak guruhiga boradi va u yerda 17 yoshli osteosarkoma sababli oyogʻi amputatsiya qilingan Ogastus Uoters bilan tanishadi. Ular birga film koʻrishadi, kitob oʻqishadi. Xeyzel yigitga Piter van Xutenning „Shohona dard” nomli asrini oʻqishga beradi. Asar tugallanmay qolganidan Ogastus norozi boʻladi va muallifga xat yozadi. Muallif faqat yuzma-yuz javob berishini aytadi.

Xeyzel, uning oyisi va Ogastus Amsterdamga, Piter van Xuten bilan uchrashishga borishadi. Ogastus va Xeyzel bir-birlarini sevib qolishgandi. Muallif bilan uchrashuv noxush oʻtsada, bu sevishganlarga Amsterdamda vaqtni yaxshi oʻtkazishga halaqit bermaydi. Uyga qaytishgach, Ogastusning ahvoli ogʻirlashadi. Kasallik uni mahv etayotgani, oʻlishini bilgani uchun Ogastus oʻz dafn marosimini „tashkillashtiradi”. Bir necha kundan keyin vafot etadi. Uning dafn marosimiga Piter van Xuten keladi, ammo Xeyzel u bilan gaplashishni istamaydi. Xeyzel Ogastus oʻlimidan oldim xat yozganini bilib qoladi va Piter van Xutenning yordamchisi Lideveydan xatni soʻraydi. Qiz xatni skanerlab, pochta orqali joʻnatadi. Ogastus xatini oʻqish bilan asar yakunlanadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]