Yulduzlar toʻdasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yulduzlar To'dasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yulduzlar toʻdasi — yagona protoyulduzda tugʻilgan bir necha yuzdan bir necha yuz minggacha yulduzlarning fizik va dinamik bogʻliq boʻlgan sistemasi. Yulduzlar toʻdasi shakli, yoshi va massasi boʻyicha tarqoq va sharsimon turlarga boʻlinadi. Yulduzlarning tarqoq toʻdalari nisbatan yosh (=107+10* yil), massalari =10" Quyosh massasiga teng . Ular Galaktikamizning tekislik tashkil etuvchi obʼyektlaridan hisoblanib, uning disk qismida joylashgan. Shu kungacha 2000 dan ortiq tarqoq Yulduzlar toʻdasi aniqlangan. Aslida ular 20 mingtaga yaqin boʻlib, asosiy qismi yulduzlararo gaz va chang tufayli kuzatilmaydi. Tarqoq toʻdalar Somon Yoʻlitsat spiral tarmoqlarda joylashgan. Bu toʻdalar Gersshprung — Ressel diagrammasining bosh ketmaketligi yulduzlaridan va qisman gigantlardan iborat. Yulduzlarning sharsimon toʻdalari Galaktikamizning eng qadimgi obʼyektlari hisoblanadi. Ular massasi 104— 106Quyosh massasi atrofida boʻlib, Galaktikaning galosi (yorugʻlik xalqasi) da bir oz balj qismida joylashgan. Sharsimon toʻdalar asosan, qizil gigant, qisqa davri sefeidalar, bosh ketmaketlikning quyi qismiga taalluqli yulduzlardan iborat. Galaktikamizda sharsimon toʻdalardan 150 ga yaqini topilgan, jami esa 200—250 ta boʻlishi mumkin, deb taxmin qilinadi.