Yovvoyi olma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yovvoyi Olmadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yovvoyi olma — olma avlodiga mansub yovvoyi holda oʻsadigan olma turlari. Bogʻdorchilikda urugʻidan payvandtag va yangi navlarni chiqarishda seleksion material sifatida foydalaniladi, mevasidan povidlo, jem kabi mahsulotlar tayyorlanadi. Oʻzbekistonda 10 turi uchraydi. Yo.o.ning turlari, asosan, Toshkent viloyati (Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari)ning togʻli zonalarida tarqalgan. Asosiy turlari: Oʻrmon olmasi (M.silvestril Mill.) — uning juda koʻp tur xillari va shakllari bor. Yevropa oʻrmonlarida tarqalgan. Daraxti kam bachki chiqaradigan uzun tanali. Qurgʻoqchilikka va sovuqqa chidamli, eng yaxshi payvandtag hisoblanadi. Olxoʻri bargli olma — kitayka (M.prunifolia Borkh.) — Sibir, Uzok. Sharq, Qozogʻiston, Qirgʻizistonda oʻsadi. Sovuqqa chidamli. Bal. 10 m, ildizlari baquvvat, mevasi mayda, qizgʻishsariq yoki qizil. Past boʻyli olma (M. pumila Mill.) — Yevropa, Kavkaz, Qrim, Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Past boʻyli daraxtining novdalari tukli va ildizi bakuvvat, bir necha turxillari bor. Issiqsevar, bu turga dusen va paradizka kiradi. Paradizka, rayka (M.paralisiaca Schn.) — pakana butasimon daraxt. Bal. 2 m, sovuqqa chidamsiz. Pakana payvandtag sifatida ekiladi. Sharq yoki Kavkaz olmasi (M.orientalis Uglitz.) — Kavkazda, Qrim va Oʻrta Osiyoning togʻli mintaqalarida oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz, qurgʻokchilikka chidamli. Mahalliy Kavkaz navlari bogʻdorchilikda ustirib madaniylashtirilgan. Sivere olmasi (M.Siversii) — yovvoyi holda Oʻrta Osiyo togʻlarida usadi. Sovuqqa chidamliligi oʻrtacha, vegetativ koʻpayish xususiyatiga ega. Oʻrta Osiyo bogʻlaridagi olmalarning asosiy payvandtagi. Turkman olmasi (M.turkmenorum Jus et.pop.) — Kopetdogʻ togʻlarida usadi. Boʻyi 3—5 m, ildiz bachkilari koʻp boʻlgani uchun tez koʻpayadi, tupi kichikroq. Mevasi oʻrtacha yirik, och yashiljigarrang (baʼzan qizgʻish), issiqqa chidamli. Yer osti suvi yuza joylarda yaxshi oʻsadi. Turkistonda "baboarab olmasi", Xorazmda "xazorasp" yoki "xorazm olmasi" nomi bilan mashhur. Qizil olma yoki Nedzevedskiy olmasi (M.Niedzwetskiana Duck.) — Tyanshanda va Oʻrta Osiyoda ekma holda uchraydi. Yovvoyi turlari, asosan, Toshkent viloyati togʻlarida koʻp. Ayrim turlari manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. 19-asrning oxiriga qadar Oʻzbekistonda Yo.o.ning turxillari ekib kelingan. 19-asrning oxiri — 20-asrning 20y.laridan chet ellarda chiqarilgan madaniy navlar tarqala boshladi.

Sulton Xolnazarov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil