Young Woman and the Sea
Young Woman and the Sea | |
---|---|
Teatrlashtirilgan sahna asari | |
Rejissyor(lar) | Joachim Rønning |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Jeff Nathanson |
Qaysi asarga asoslangan |
Young Woman and the Sea –Glenn Stout |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Amelia Warner |
Kinematografiya | Oscar Faura |
Muharrir(lar) | Úna Ní Dhonghaíle |
Studiya(lar) | |
Distribyutor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 100 daqiqa |
Mamlakat | AQSh |
Til | Ingliz tili |
Young Woman and the Sea — 2009-yilda yozilgan Glenn Stoutning xuddi shu nomdagi kitobiga asoslangan, Joachim Rønning rejissyorlik qilgan va Jeff Nathanson tomonidan yozilgan ssenariy asosida yaqinda paydo boʻladigan amerika biografik drama filmi. Walt Disney Pictures va Jerry Bruckheimer Films tomonidan ishlab chiqarilgan filmda Daisy Ridley amerikalik suzuvchi Gertrude Ederle rolini oʻynaydi, u Ingliz kanali boʻylab suzib oʻtgan birinchi ayol boʻldi. Unda, shuningdek ,Tilda Cobham-Hervey, Stephen Graham, Kim Bodnia, Christopher Eccleston, va Glenn Fleshler ikkinchi darajali rollarda oʻynagan.
Filmni ishlab chiqish 2015-yilda prodyuser Jerry Bruckheimer kitobga film huquqlarini qoʻlga kiritib, Paramount Pictures kinoteatrlarida ish boshlaganidan soʻng, uni yozish uchun Nathanson va Ederle rolini Lily Jeyms ijro etganidan keyin boshlandi. Paramount, oxir-oqibat, loyihani oʻzgartirishni boshladi. 2020-yilda u Walt Disney Pictures tomonidan sotib olingani eʼlon qilindi, Ederle va Rønning ushbu filmga rejissyor etib tayinlanadi. Asosiy suratga olish ishlari 2022-yilning may va iyun oylari orasida boʻlib oʻtdi. Dastlab Disney+ striming xizmatida chiqarilishi uchun moʻljallangan Walt Disney Pictures filmni ijobiy sinov namoyishlaridan soʻng kinoteatrda chiqarishni tanladi.
Young Woman and the Sea filmi 2024-yilning 31-may kuni Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan cheklangan teatrlashtirilgan chiqishi rejalashtirilgan.
Oldindan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Young Woman and the Sea"filmi 1924-yilgi Olimpiya oʻyinlarida birinchi marta oltin medalni qoʻlga kiritgan suzish boʻyicha amerikalik chempion Gertrude Ederle haqida hikoya qiladi. 1926-yilda Ederle Ingliz kanali boʻylab 21 mil masofani suzib oʻtgan birinchi ayol boʻldi.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daisy Ridley Gertrude „Trudy“ Ederle rolida: Amerikalik suzuvchi va Olimpiya chempioni.
- Tilda Cobham-Hervey Margaret „Meg“ Ederle rolida: Gertrudening singlisi.
- Stephen Graham Bill Burgess rolida: Gertrudeni kuzatayotgan dengizchi.
- Kim Bodnia Henry Ederle rolida: Gertrudening otasi.
- Christopher Eccleston Jabez Wolffe rolida: Gertrudening murabbiyi.
- Glenn Fleshler James Sullivan rolida
- Jeanette Hain as Gertrude Anna Ederle: Gertrudaning onasi. [1]
- Sian Clifford Charlotte rolida: Gertrudaning suzish boʻyicha murabbiyi.
Filmning ishlab chiqarilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning noyabr oyida Jerry Bruckheimer 2009-yilda chop etilgan Young Woman and Sea nomli kitobi uchun huquqlarni qoʻlga kiritganini eʼlon qiladi. Film uchun ssenariy yozish uchun Jeff Nathansonni yollagan va Lily James Gertrude Ederle rolini ijro etdi. 2020-yil dekabr oyida film Walt Disney Pictures’da ishlab chiqilayotgani xabar qilingan, Disney+ ekranlarida chiqarilishini kutilayotgan edi.
Kasting jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lily James aslida film rivojlanib ketguncha Gertrude Ederlening rolini ijro etadi. Ammo, 2020-yil dekabr oyida film reklama qilingandan soʻng bu rol Daisy Ridley tomonidan ijro etilgan. 2022-yilning mart oyida esa Tilda Cobham-Hervey Margaret Ederle rolini oʻynash uchun jamoaga qoʻshiladi. Huddi shu yilning may oyida esa Christopher Eccleston va Stephen Graham hali ommaga oshkor etilmagan rol uchun taklif etiladi.
Suratga olish jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy suratga olish ishlari 2022-yilning may oyi boshi va shu yilning 18-iyun sanasigacha boʻlgan.
Namoyish qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Young Woman and the Sea filmi Disney+da namoyish qilinishi reja qilingan edi. 2024-yilning yanvar oyida esa, Amazon MGM Studiosning sport dramasi boʻlgan The Boys in the Boat bir qancha sinovlar va kino kassalaridagi yuqori daromadi sababli Young Woman and the Sea filmi Fransiyada boʻlib oʻtadigan 2024-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari arafasida namoyish qilinishi reja qilindi. Keyingi oyda esa ushbu filmni cheklangan miqdorda ekranlarda namoyish qilinishiga ruxsat berildi[2].
Marketing
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmning ilk tasvirlari People jurnali orqali 2024-yil 6-mart sanasida namoyish qilingan[3]. Film treyleri esa CinemaConda huddi shu yilning 11-aprelida ekranlarda paydo boʻldi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ D'Alessandro. „Daisy Ridley Movie Young Woman And The Sea Officially Swimming From Disney+ To May Theatrical Release – Update“. Deadline Hollywood (2024-yil 1-fevral). 2024-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
- ↑ D'Alessandro, Anthony „Daisy Ridley Movie Young Woman And The Sea Officially Swimming From Disney+ To May Theatrical Release – Update“. Deadline Hollywood (2024-yil 1-fevral). 2024-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
- ↑ VanHoose, Benjamin „Young Woman and the Sea First Look: See Daisy Ridley Become a Trailblazing Swimmer (Exclusive)“. People (2024-yil 5-mart). 2024-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
- ↑ „'Young Woman and the Sea' Trailer: No One is Getting in the Way of Daisy Ridley's Long Swim – CinemaCon“ (2024-yil 11-aprel).