Yordamchi maktab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yordamchi Maktabdan yoʻnaltirildi)

Yordamchi maktab - aqli zaif bolalar oʻqiydigan maxsus taʼlim tarbiya muassasasi. Oʻzbekistonda dastlab 1935-yil Toshkent sh.da ochilgan. Asosan aqli zaif (oligofreniyanij debillik darajasidagi) hamda keyinchalik turli kasalliklar tufayli aqli zaif boʻlib qolgan bolalar qabul qilinadi. Maxsus taʼlimga muhtoj boʻlgan bolalar tibbiy psixologikpedagogik komissiya tomonidan belgilanadi. Yo. m.dagi akli zaif bolalar uchun maxsus taʼlimtarbiya OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997) asosida amalga oshiriladi. Yo. m. OʻzR Xalqtaʼlimi vazirligi tizimiga kiradi. Yo. m.da akli zaif bolalarga maxsus taʼlim davlat standartlariga muvofiq maktablarning boshlangʻich sinfi hajmiga toʻgʻri keladigan va qisman umumiy oʻrta taʼlimni amalga oshiruvchi maxsus taʼlim dasturi, rejasi va darsliklar asosida olib boriladi. Oʻqish muddati — 9-yil Yo. m.da har bir sinfga 10—12 oʻquvchi qabul qilinadi. Maktabdagi oʻquv vaqtining 1/3 qismi (4sinfdan boshlab) mehnat taʼlimiga ajratiladi. Yo. m.larda duradgorlik, kashtachilik, tikuvchilik, qishloklardagi Yo. m.larda qishloq xoʻjaligi ishlari oʻrgatiladi. Yo. m.larning asosiy maqsadi bolalarni akliy jihatdan korreksiyalash (tuzatish) va jismoniy jihatdan sogʻlomlashtirish, tarbiyalash, Yo. m. hajmida bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, nutqidagi nuqsonlarni tuzatish hamda ijtimoiy hayotga moslashtirishdan iborat. Yo. m.da taʼlimtarbiya ishlarini oligofrenopedagog mutaxassislar olib boradi. Yo. m.da vrachpsixonevrolog , tibbiyot hamshiralari ham ishlaydi. 2000/2001 oʻquv yili boshi OʻzRda 19 Yo. m. (4769 oʻquvchi) va 32 yordamchi internat maktabi (6502 oʻquvchi) ishladi.

Lola Moʻminova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil