Yordam munozarasi:Mundarija

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
                    O’ZBEK TILI TARIXIY ANTROPONIMIYASI 
             (Salohiddin Toshkandiyning “Temurnoma”asari asosida)

Abdurahmanov Shavkatjon Ashuraliyevich f.f.n. Namangan davlat universiteti dotsenti Asqarova Manzura Baxtiyor qizi

  Namangan davlat universiteti magistranti
                                                               Email: asqarovam@inbox.uz

ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada o'zbek tili tarixiy onomastikasi, jumladan antroponimikasining rivojlanish istiqbollari Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma" asari asosida yoritilgan.O‘zbek nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug‘atlar, ko‘p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitilgani, tarixiy antroponimiya yutuq va muammolari xususida fikrlar bildirilgan. Ma’lumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo‘lish va o‘zgarish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi, shuningdek, tildagi barcha atoqli otlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. Onomastik tamoyillar asosida Salohiddin Toshkandiy asari antroponimik jihatdan tadqiq qilindi.

   Kalit so'zlar:  Onomastika, antroponimlar, E.Begmatov, variantdoshlik, onomastik tizim, onomastik material, appelyativ va hok.
     HISTORICAL ANTHROPONYMIS OF THE UZBEK LANGUAGE
              (Based on Salohiddin Tashkendi's "Temurnoma")

Abdurahmanov Shavkatjon Ashuraliyevich Phd senior teacher of Namangan State University

                    Askarova Manzura Bakhtiyor qizi
                master's degree student of  Namangan State University

asqarovam@inbox.uz RESUME: This article describes the prospects for the development of historical onomastics of the Uzbek language, including anthroponymy, based on the work of Salohiddin Tashkendi "Temurnoma". In this article extensive research and give opinion on Uzbek nomenclature has enriched the field of Uzbek onomastics with a number of monographs, pamphlets, annotated dictionaries, numerous scientific articles, PhD and doctoral dissertations, achievements and problems of historical anthroponymy.. As you know, onomastics is the branch of linguistics that studies any famous horses, the history of their origin and change, as well as the sum of all the famous horses in the language. On the basis of onomastic principles, the work of Salohiddin Tashkendi was studied anthroponymically.

Keywords: Onomastics, anthroponyms, E. Begmatov, variability, onomastic system, onomastic material, appellatives and so on.
        ИСТОРИЧЕСКИЙ АНТРОПОНИМИЯ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА
               (По материалам «Темурнома» Салохиддина Ташкенди)

Абдурахманов Шавкатжон Ашуралиевич к. ф. н.Доцент НамГУ Аскарова Манзура Бахтиер кызы

          магистрант Наманганского государственного университета
    Аннотация: В данной статье описаны перспективы развития исторической ономастики узбекского языка, в том числе антропонимии, по мотивам трудов Салохиддина Ташкенди «Темурнома».  В этой статье обширные исследования и мнения по узбекской номенклатуре обогатили область узбекской ономастики рядом монографий, брошюр, аннотированных словарей, многочисленными научными статьями, докторскими и докторскими диссертациями, достижениями и проблемами исторической антропонимии. Как вы знаете,  ономастика - это раздел лингвистики, который изучает любых известных лошадей, историю их происхождения и изменений, а также сумму всех известных лошадей в языке.  На основании ономастических принципов работа Салохиддина Ташкенди была изучена антропонимно.
 Ключевые слова: ономастика, антропонимы, Е. Бегматов, изменчивость, ономастическая система, ономастический материал, апеллятивы и др.

XX asrning 60-70-yillarida o‘zbek tilshunosligida bir qator ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan: eksperimental fonetika, fonologiya, morfonologiya, frazeologiya, stilistika (uslubshunoslik), nutq madaniyati, ijtimoiy tilshunoslik (sotsiolingvistika), areal lingvistika, lingvostatistika kabilar. O‘zbek onomastikasi ham o‘sha davrlarda vujudga kelgan tilshunoslikning yangi sohalaridan biri sanaladi. O‘zbek onomastikasi (nomshunosligi) o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikning eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi. O‘zbek nomshunosligi bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘zbek onomastikasi sohasini bir qator monografiyalar, risolalar, izohli lug‘atlar, ko‘p sonli ilmiy maqolalar, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bilan boyitdi . Ma’lumki, onomastika tilshunoslikning har qanday atoqli otlarni, ularning paydo bo‘lish va o‘zgarish tarixini o‘rganuvchi bo‘limi, shuningdek tildagi barcha atoqli otlar yig‘indisini o‘zida ifodalaydi. O‘zbek nomshunosligida mavjud bo‘lgan ishlarning aksariyatida ismlar, qisman laqab va taxalluslar, mikrotoponim va makrotoponimlar, etnonimlar tahlil qilingan, xolos. Lekin o‘zbek tilidagi tarixiy asarlar antroponimiyasi va atoqli otlarning ba’zi tiplari shu kunga qadar deyarli o‘rganilgan emas yoki kam tahlil qilingan. Izohli lug’atlarda antroponim termini (yunoncha: antropos - antropos + onoma-atoqli ot) – kishi atoqli oti (ism, familiya, laqab, taxallus, patronim va boshqalar). Atoqli ot tiplaridan biri deb izohlanadi. Ma’lum bir tilda mavjud bo‘lgan barcha kishi atoqli otlari majmui, fondi antroponimiya deb yuritiladi. Antroponimika yoki ismshunoslik esa onomastika (nomshunoslik)ning kishi atoqli otlari (antroponimlar)ning paydo bo‘lishi, rivoji va vazifaviy xususiyatlarini o‘rganuvchi bo‘limidir.

        O‘zbek antroponimlarini ilmiy asosda to‘plash va o‘rganish ishlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida boshlangan edi. Dastlab Y.T.Smirnov (1899), keyinchalik N.S.Likoshin (1916) va boshqa rus geografiya jamiyati Turkiston bo‘limining a’zolari (V.F.Oshanin, A.Samoylovich kabilar) o‘zbekcha ismlarni to‘plash va ularni ruscha transliteratsiyada ifodalash masalalari bilan shug‘ullanganlar. N.Ostroumov (1910), A.Samoylovich (1911), S.Oldenburg (1928), V.Ya.Nalivkin, M.Nalivkina (1897) kabilarning ishlarida o‘zbekcha ismlar va laqablarning etimologiyasi, etnografiyasiga oid ayrim masalalar o‘rganilgan edi. N.S.Maliskiy esa Toshkent shahridagi mahalliy aholi ismlari, urf-odati masalalari bilan shug‘ullangan (1928). S.Ibrohimov, M.Rahmonlar esa o‘zbekcha ismlar va familiyalarning imlosiga doir kuzatishlar olib borganlar (1935). O‘zbekcha ismlarning lisoniy xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish 1960 yillardan boshlangan. Xuddi shu davrda D.Abdurahmonov (1960), O‘.Nosirov (1965), F.Abdullayev (1960, 1961), M.Shamsiyeva (1962), A.Ishayev (1961), X.Doniyorov (1960) kabi olimlarning o‘zbek antroponimikasiga doir ayrim ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari e’lon qilingan edi. O‘zbek antroponimikasining asoschisi, hech shubhasiz,  E.A.Begmatov sanaladi. U 1962-1965 yillar davomida o‘zbek antroponimiyasi bo‘yicha juda boy material to’pladi va antroponimlarning lingvistik, ekstralingvistik xususiyatlari, ismlar, laqablar, taxalluslar, familiyalar, otaismlarning leksikasi, strukturasi, grammatik xususiyatlari bo’yicha qator salmoqli maqolalar e’lon qildi. Shu asosda bu olim  1965 yilda “O’zbek tili antroponimikasi” degan mavzuda nomzodlik ishini himoya qilgan edi. Shundan  keyin  E.Begmatovning  ismshunoslikka oid “Nomlar va odamlar” (1966), “Kishi nomlari imlosi” (1970), “O’zbek  ismlari  imlosi” (1972), «Literaturnыye imena i familii uzbekskix avtorov v russkoy transkripsii» (1981), “O’zbek ismlari” (1992, 2000, 2007), “Ism chiroyi” (1994) kabi juda ko’plab  asarlari nashr etilgan. O’zbek antroponimlarining semantikasi va etimologiyasi masalalarini Y.Menajiyev, X.Azamatov, D.Abdurahmonov va E.Begmatovlar “Ismingizning ma’nosi nima?” nomli risolasida amaliy jihatdan hal etishga intildilar. O’zbekcha ismlarning ruscha yozilishi, imlosi muammolariga bag’ishlangan S.Ibrohimov (1961, 1967), N.Mamatov (1958), F.Kamolov, R.Jumaniyozov, Ya.Pinxasov, T.Mirzayev, E.Begmatov (1962) kabi olimlarning maqolalari matbuot sahifalarida e’lon qilingan edi. E.Begmatovning  “Kishi nomlari imlosi” (Toshkent, 1970), “O’zbek  ismlari  imlosi” (Toshkent, 1972), «Literaturnыye imena i familii uzbekskix avtorov v russkoy transkripsii» (Tashkent, 1981) kabi asarlari ismshunoslikning ana shunday amaliy masalalariga bag’ishlanganligi bilan e’tiborlidir. XX asrning 70-yillarida o’zbek nomshunosligi mustaqil soha sifatida shakllanishi bilan uning tarkibidagi antroponimika (ismshunoslik)ka  oid tadqiqotlar ko’lami ham kengaydi. Shu davrdan boshlab o’zbek antroponimiyasi xilma-xil yo’nalishda o’rganiladigan bo’ldi. 

O’zbek tilshunosligida kishi ismlari, ayniqsa, folklor asarlarida qo’llangan antroponimlar sotsiolingvistik va funksional-semantik yo’nalishda tadqiq etilgan ishlar paydo bo’ldi. Bu o’rinda D.Abdurahmonov, H.Bektemirov (1967), S.Yo’ldosheva (1974, 1975), B.Fayzullayev, S.Tursunov (1985), A.Ishayev (1973), I.Xudoynazarov (1998) kabi olimlarning ilmiy izlanishlari alohida ajralib turadi. Keyinchalik I.Xudoynazarov folklor antroponimiyasiga doir nomzodlik ishini ham himoya qildi.O’zbek antroponimikasining yana bir muammosi poetik yoki badiiy antroponimika masalalari bilan bog’liq. Ya’ni tarixiy, badiiy asarlarda qo’llangan kishi ismlari, umuman, atoqli otlar faqat nominativ funksiyani emas, balki bir qancha funksional-uslubiy xususiyatlarni ifodalashga xizmat qiladi. Mana shu masala keyinchalik o’zbek antroponimikasida maxsus o’rganildi. Mustaqillik yillarida o’zbek antroponimikasiga oid tadqiqotlar doirasi yana ham kengaydi. Masalan, S.Rahimov Xorazm vohasi misolida mintaqaviy (regional) antroponimiya masalalariga doir kuzatish ishlari olib bordi , shu asosda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi . N.Husanov XV asr o’zbek yozma yodgorliklari tilidagi antroponimlarning leksik-semantik va uslubiy xususiyatlarini tadqiq etib, ikki qismdan iborat monografiya yaratdi va shu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. M.Tillayeva Xorazm onomastikasi tizimining tarixiy-lisoniy tadqiqini “Avesto” asari onomastikasi bilan qiyosiy yo’nalishda olib borib, yaxshi natijalarga erishdi. Olimaning xulosasiga ko’ra, “Avesto”da uchraydigan kishi nomlari nafaqat butun eroniy, balki turkiy, somiy xalqlar antroponimikasiga ta’sir qilgan. Shuning uchun bugungi o’zbek ismlari orasida Jamshid, Isfandiyor kabi bir qancha avestoviy antroponimlar yoki “Avesto” ta’sirida yuzaga kelgan kishi nomlarini uchratamiz. “Temurnoma”da ham qo’llangan ismlar (antroponimlar) X- XVI asrlar oralig’ida mavjud, iste’molda bo’lgan ismlar sanalib, boy tariximiz, ota-bobolarimiz haqida ularning antroponimik jihatlarini namoyon qiladi. Ammo asarning to’liq antroponimikasi tadqiq etilmagan.

O’zbek antroponimikasi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar XX asrning 80 -yillariga kelib, uning tarkibida turkiy qatlamni o’rganishga e’tibor berildi. Masalan, G’.Sattorov “O’zbek ismlarining turkiy qatlami”  mavzuida nomzodlik ishini  himoya qildi . Bu olimning shu mavzuga doir bir necha maqolalari ham e’lon qilindi. Bu ishlarda quyidagi haqqoniy xulosalarga kelingan:   “O’zbek antroponimiyasining milliy o’ziga xosligini ikki lisoniy material ta’minlaydi. Bular: tub turkiy nomlar va o’zbekcha ismlardir. Milliy-lisoniy ruh, ayniqsa o’zbekcha nomlarni ijod qilishda yorqin namoyon bo’ladi. Tub turkiy qatlamga mansub nomlarning aksariyati appelyativ ma’nosi aniq sezilib turgan nomlardir. Shunga qaramasdan ismlarning bu qatlamida ma’nosiga ko’ra uch xil nomlarni uchratish mumkin: 1) ma’nosi aniq sezilib turuvchi nomlar; 2) ma’nosi hozirda qorong’ilashgan ismlar; 3) o’lik ma’noli nomlar. Aksariyat o’zbekcha ismlar birinchi va ikkinchi guruhga mansubdir.  Turkiy qatlamga mansub nomlarni leksik-semantik jihatdan uch guruhga ajratish mumkin: 1) ism-bag’ishlovlar; 2) nom-izohlar; 3) ism-tilaklar...” .  Shuni inobatga olish  lozimki, turkiyshunoslikda kishi ismlari tarkibida umumturkiy qatlamni tadqiq etish ancha qadimiy tarixga ega. XXI asrning dastlabki yillaridan o’zbek tilshunosligida antropotsentrik paradigma asosida bajarilgan tadqiqotlar yuzaga kela boshladi. Bu ishlar, asosan, sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvistik pragmatika, psixolingvistika yo’nalishlarida amalga oshirildi. Olib borilgan tadqiqotlar, garchi ularda aynan antropotsentrik paradigmaga  munosabat bildirilmagan bo’lsa-da, o’zida ushbu paradigma tamoyillarini aks ettirgan dastlabki ishlar hisoblanadi.Jumladan, S.M.Mo’minovning “O’zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida o’zbeklarning o’ziga xos muloqot xulqi ijtimoiy-lisoniy nuqtai nazardan tadqiq etilgan.[2,47]O’zbek tilshunosligida matn antropotsentrik paradigma asosida tahlil etilgan dastlabki ishlarda shaxsni markazga qo'yish tushunchasi emas, balki uning atrofidagi yondosh nazariyalar xususida fikrlar yuritilgan.
      Ma’lumki, dunyo tilshunosligida matnga dastlab, asosan, semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan. Keyingi yillarda, xususan, XXI asr boshlaridan matnni lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik,  kognitiv va psixolingvistik tamoyillar asosida tadqiq etish tendentsiyasi kuchaydi. Unga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog’langan gaplar yig’indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan muloqot shakli, o’zida muayyan til sohiblarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi. Ta’kidlash lozimki, o’zbek tilshunosligida matnning lingvopoetik, pragmatik, derivatsion, kommunikativ xususiyatlariga bag’ishlangan muayyan tadqiqotlar amalga oshirilgan. Lekin o’zbek tilida yaratilgan matnlar shu vaqtga qadar antropotsentrik aspektda yaxlit holda tadqiq qilingan emas. Taniqli rus tilshunosi Y.N.Karaulov til va shaxs masalalariga bag’ishlangan maqolalar  to’plamiga yozgan  so’zboshisida  «Har qanday matn ortida lisoniy  tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi» [3, 3-8] degan  fikrni alohida ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, til va shaxs munosabatlarini yoritib berishda eng muhim manba bu  matndir. Zero, u tilning barcha sathlarini  mujassam etuvchi nutqiy  tuzilma bo’lishi bilan birga, so’zlovchi (yozuvchi) shaxsining lisoniy salohiyatini o’zida to’liq namoyon etuvchi hodisa  sifatida namoyon bo'ladi.                                  “Temurnoma”asarida atoqli otlarni ma’nosiga ko’ra ikki xil nomlarni uchratish mumkin: 

1.Ma’nosi aniq sezilib turuvchi nomlar. Bunda atoqli otlarning ma’nosi aniq sezilib turadi. Masalan: Amir Temur, Bahodirshoh, Muhammad, Jahongirshoh, Saroymulkxonim, Abbos Bahodir, A’zamshoh, Malikshoh kabi 2.Ma’nosi hozirda qorong’ilashgan ismlar. Atoqli otlarning ma’nosi hozirgi kunga kelib bir oz xiralashgan, ma’no anglahilishi qiyin bo’ladi. Masalan: Tegina begim, Suyurg’atmish, Yo’qun begim, Qozog’on, O’ljoy Turkon va hok.

    Lekin shuni ham inobatga olish kerakki, asardagi antroponimlarning 70-80 % i tarixiylashgan, yoxud arxaiklashgan. Asarda 500 dan ko’proq antroponimlar qo’llangan.  Birgina shaxs leksemasi atrofiga bir necha semalarni birlashtirgan holda yangi mazmuniy shaxs maydonlarni( antoponimlarni) hosil qilish mumkin:   asarda shaxs,  ya’ni antroponimlarning mavzuviy guruhlari : Amir Temurga qarindosh  shaxs nomlari, ayollar nomlari, quroldosh, xizmatchi, din peshvolari, mifologik shaxs nomlari, ilm-fan kishilari nomlari, dushman nomlari, chet davlatlik elchilar nomlariga ajratiladi. Masalan, Alqissa, Tarag`ay Bahodir nokli Qorayur nuyondin edi.  [1,43] Qozonxon andog` zolim erdiki, kishini talab qilsa, avval xotin va bolalariga vasiyat qilib, keyin Qozonxonni oldiga borur erdi. Amir Choku barlosda davlatmand erdi. [1,53]. Ammo Malikshox bahodir ko`p g`ani boy kishi erdi. Har ijnos mollari bor erdi. [1,72]. Chig`atoy odamlari ichida zo`r, andin pahlavon kishi yo`q erdi. Yuqoridagi misollardan ma’lum bo’ldiki, shaxs nomlarini ham mazmuniy maydon asosida mavzuviy guruhlarga birlashadi. Va o’z navbatida guruhlar guruhchalarga bo’linib, zanjir misoli bog’liqlikda tadqiq etiladi. Asarni antroponimik birliklarini tadqiq etishda “antroponim sistema” dan foydalanish muhim, ya’ni asar antroponimik birliklari

Ismlar. Familiyalar (davr xususiyatidan kelib chiqib ibn, binni) Ota ismlari. Taxalluslar. Laqablarni mavzuviy guruhlar asosida o’rganish maqsadga muvofiq.

     Yuqorida qayd qilinganidek, har bir onomastik tizim yana mayda tizimchalarga bo'linadi.Onomastik tizim kabi antroponimlar ham bir tizim hisoblanadi. Ko'rinadiki, antroponimlar o'zbek tili leksik sistemasida ma'lum o'ringa ega. Faqat ungagina xos bo'lgan indikatorlar mavjudligi bilan ham xarakterlanib turadi. Xuddi shuningdek, antroponimlar semantik, uslubiy va yasalish xususiyatlari bilan boshqa leksik birikmalardan ajralib turadi. Shuning uchun ham onomastik tadqiqotlarni sinxron va diaxron rejada system-struktor va tarixiy-qiyosiy metod asosida olib borish kerak. Ismlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, ularda jamiyatning madaniyatli va ijtimoiy hayoti aks ettirilgan bo'ladi. Ismlar ma'lum bir shaxsning avlodi, uning jamiyatda tutgan o'rni haqida ham xabar beradi. Har bir ism ma'lum bir sabablarga ko'ra paydo bo'ladi. U ommabop yoki kam qo'llanuvchi bo'lishi mumkin. Ular bir nom o'z tarixi, "biografiyasi" va "geografiyasi"ga ega. Ismlar lingvostilistik jihatdan real yoki to'qima bo'lishi mumkin. Demak, asar antroponimiyasi tadqiq qilishga yetarli manbaa bo’lib xizmat qiladi.
         Xullas, onomastik material har qanday rivojlangan til lug’at boyligining katta qismini tashkil etadi. Shunga ko’ra onomastik materialni xuddi tarix, geografiya, astronomiya kabi fanlar singari maxsus o’rganish talab qilinadi. Tilning onomastik birliklari, onomastik ko’lami va onomastik maydoni haqida umumiy ma’lumot, ularni ifodalovchi terminlar ma’nosi hamda ular haqidagi bilimlar majmuining  jahon va o’zbek tilshunosligida ilmiy, nazariy, amaliy va uslubiy jihatlardan tadqiq etilishi, ya’ni ularni bir butun tizim sifatida o’rganilishi dolzarb muammolardan biridir. Onomastikaning, shu jumladan, o’zbek onomastikasining tilshunoslik, geografiya, tarix, etnografiya, arxeologiya, mifologiya, folklorshunoslik kabi sohalar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. 
    “Temurnoma” asari tilidagi onomastik birliklarning antroponim, toponim, gidronim, antropooykonim,  oronim, etnooykonim, oykonim, teonim (teonimiya), agnonim (agnonimiya), nekronim (nekronimiya) kabi  ko’rinishlari keng qo’llangan. Birgina antroponimlarning o’zi 500 dan ortiq

Bunday onomastik birliklarning dostonlar tilida qo’llanilishi tarixiy voqelik va shart – sharoit, shuningdek, milliy an’analarni o`zida aks ettiruvchi noyob manbalar jumlasiga kiradi. Ular paydo bo`lishi, rivoji hamda vazifaviy xususiyatlariga ko`ra o`z etnohududiy tarixi va dunyaqarashiga ega bo`lgan turli xalqlarning taqdiri, tili taraqqiyoti va turmush tarzi bilan chambarchas bog`liq.

     Har  bir til o`zining  ko`p  tarixiga  o`z  ichki  qonuniyatlari  asosida  rivojlanadi.  Lekin  u  ma’lum  darajada  boshqa  tillar  ta’sirini  ham  boshdan  kechiradi.  Chunki  har  bir  xalq  boshqa  xalqlardan  ajralgan  holda  yashay  olmaydi. Xalqlar  o`rtasida  hamma  vaqt  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy  aloqalar  bo`ladi.  Bu  aloqalar  tilda  ham  o`z  aksini  topadi.  Binobarin  tilda,  xususan  uning  onomasatik birliklarida  hamma  tarixiy  davrlarga  oid  muhim  ahamiyatga  ega  bo`lgan  lingvistik  faktlarni  topish  mumkin. 
     Har  bir  tildagi  so`z  yasalishi  vositalari  onomastik birliklarni  yasashda  ham  ishtirok etadi.  Ammo  joy  nomlari  yasalish  jihatidan  tekshirilar  ekan,  avvalo,  atoqli  otlarning  o`ziga  xos  bir  qator  semantik  va  grammatik  xususiyatlarini  e’tiborga  olmoq  zarur.  Leksemalar  toponim yoki gidronimga  aylangach,  ular  kategoriya  jihatdan  o`zgaradi,  ma`lum  funksional  sferaga  ega  bo`ladi,  semantik  ko`lami  qisqaradi,  ya’ni  ma’no  maxsuslanishi  sodir  bo`ladi.  Shular  bilan  bog`liq  holda  ularning  formal – grammatik  ko`rsatkichlari  ham  o`zgaradi. 
 Ko’rinadiki, o’zbek antroponimikasining  erishgan yutuqlari juda salmoqli, lekin bu sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, qator muammolar ham bor: 

1.O’zbek ismlarining imlo lug’ati, izohli lug’ati, o’quv lug’atini tayyorlash va ularni hozirgi zamon talablariga ko’ra nashr ettirish lozim. 2.O’zbek antroponimlari tarkibida o’zlashma qatlamni, eng qadimgi sug’diy, mo’g’ul, uyg’ur, hind, fors-tojik, arab va rus baynalminal qatlamlarni maxsus o’rganish talab qilinadi va hokazo. 3.Asarni onomastik jihatdan tahlil qilish lozim.

Iqtiboslar/Сноски/References Salohiddin Toshkandiy. Temurnoma.- T.:Cho'lpon,1990. 456 b Бегматов Э. Ўзбек исмлари. – Тошкент: Қомуслар бош таҳририяти, 1991. -208 бет. Бегматов Э., Авлоқулов Я. Ўзбек ономастикасининг микрокўлами // Ўзбек тили ва адабиёти, 2007, 3-сон, 17-21-бетлар; 2007, 5-сон, 33-39бетлар; 2008, 1-сон, 55-60-бетлар. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси. Библиографик кўрсаткич. –Наманган, 2008. -168 бет. Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати. – Наманган, 2006. -104 бет. Бўриева Х.А. Тошкент шаҳрининг тарихий топонимияси (ХIХ аср охири – ХХ аср бошлари). – Тошкент, 2007. Каримов С., Бўриев С. Ўзбек топонимикаси тараққиёт босқичида. Тошкент: Фан, 2006. -131 бет. Қораев С. Топонимика. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти нашриёти, 2006. -320 бет. Нуриддинова Р.С. Ўзбек ономастикаси терминларининг лисоний таҳлили. – Тошкент, 2005. Худойберганов Р.Ю. Ўзбек антропонимияси тизимининг вариантдорлиги. – Тошкент, 2008. www.ziyonet.uz

Namangan tumani[manbasini tahrirlash]

Namangan district is a district in Namangan region. It was founded on September 29, 1926, and its total area is 249.0 sq. km. The total length of the district border is 98.1 km. Bordering regions Andijan region 8.9 km to the east, Uychi district 25.02 km, Norin district 3.3 km, Mingbuloq district 11.1 km to the south, Torakorgan district 25.28 km to the west, Kosonsoy district 10.16 km to the north, Yangikorgon district 14.34 km. Namangan District is an irrigated farming region. Girvansoy, Namangansoy and Kosonsoy streams pass through its territory. The Northern Fergana Canal, the Big Namangan Canal and the New Arik are used for irrigation of agricultural crops. The territory of the district is crossed by the Norin river from the east and the Syrdarya from the south. The climate is dry, subtropical, summer is hot, rainfall is low (300-350), evaporation is high, winter is short and cold. Vegetation period is 236 days. Favorable climatic conditions create ample opportunities for the development of agriculture. The district ranks third in terms of population in the region after Namangan city and Chust district. The center of the district is the town of Tashbulok. It is 10 km from the town of Tashbulok to the city of Namangan, the regional center. There are 10 towns, 12 village assemblies, 41 rural settlements and 69 neighborhood assemblies on the territory of the district. 33.7 percent of the district's population (71.4 thousand people) are children and adolescents under 16 years of age. Labor resources make up 57.1 percent of the total population or 120.7 thousand people. 6.8 percent of the population lives in the town of Tashbulok, the center of the district. 48.7% of the population of the district are men, 51.3% are women. Representatives of 15 nationalities live in the district. Uzbeks make up 98.6 percent of the total population, and Tajiks make up 1.3 percent. The average number of people in a family by district is 4 people. The average population density of the district is 1 sq. corresponds to 849 people per km. There are 5 joint ventures in the district, 2 of which are joint ventures in the form of "MIRISHKOR" limited liability company and foreign enterprise in the form of "MRT TEXTILE" limited liability company. "GOLDEN SILK" Vietnamese subsidiary and joint venture in the form of "MERRYMED FARM" limited liability company are considered small business entities. Namangan district specializes in cotton cultivation, the total cotton area is more than 50% of the total cultivated land. The grown cotton crop is processed in Namangan - No. 3 cotton ginning enterprise and Mirishkor LLC joint enterprise Oyvashaliyev (munozara) 15:14, 8-Aprel 2023 (UTC)[javob berish]