Kontent qismiga oʻtish

Yordam:Tahrirlar tarixi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Agar sahifa tarixini koʻrishni istasangiz, sahifaga oʻting (masalan, Mushuk) va ekranning yuqori oʻng qismidagi „Tarix“ yorligʻini bosing.
Agar sahifa tarixini koʻrishni istasangiz, sahifaga oʻting (masalan, Mushuk) va ekranning yuqori o'ng qismidagi „Tarix“ tugmasini bosing
Vikipediyada sahifa tarixi sahifasi haqidagi video, unda kiritilgan har bir tahrir koʻrsatilgan
Tarix funksiyasiga 2013-yildagi 10 daqiqalik video tanishtiruv

Tahrirlar tarixi – Vikipediya sahifasiga kiritilgan tahrirlar ketma-ketligini, istalgan ikki versiya orasidagi farqni va maxsus tashqi vositalar menyusini koʻrsatadi. Tahrirlar tarixi baʼzan versiyalar tarixi yoki sahifa tarixi deb ham ataladi.

Sahifa tarixini koʻrish uchun tegishli sahifaning yuqori qismidagi (rasmda koʻrsatilgan) „Tarix“ yorligʻini bosing. Saytning mobil versiyasida bu jarayon boshqacha kechadi; batafsil maʼlumot uchun Mobil versiya boʻlimiga qarang.

Sahifa tarixida sahifaning oldingi versiyalari roʻyxati, jumladan, har bir tahrirning sanasi va vaqti (standart boʻyicha UTC formatida), oʻzgartirish kiritgan foydalanuvchining nomi hamda oʻzgarishni qisqacha tavsiflovchi yoki izohlovchi ixtiyoriy tahrir xulosasi yoziladi.

Sahifa tarixidagi tashqi vositalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir sahifa tarixini koʻrishni boshlashdan oldin, sahifani tahlil qilish yoki tahrirlash uchun bir nechta tashqi vositalarga havolalar mavjud. Vikipediyada quyidagilar:

  • Qoʻshimchalar/oʻchirishlarni topish uchun WikiBlame dasturidan foydalaniladi, u sahifa tarixidagi satrlarni (sahifalarning asosiy matnini emas) qidiradi va qaysi foydalanuvchi(-lar) ushbu satrni qoʻshgan yoki oʻchirganini aks ettiradi.
  • Foydalanuvchi tomonidan kiritilgan oʻzgarishlarni aks ettiradi.
  • Sahifa statistikasi soʻzlar soni, belgilar soni va havolalar soni haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, foydalanuvchilarning tahrirlar soni haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Har bir sahifaning chap tomonida joylashgan „Sahifa haqida maʼlumot“ boʻlimi ushbu statistikadan olingan asosiy maʼlumotlarni taqdim etadi.
  • Tanlangan vaqt oraligʻi uchun sahifa koʻrishlari. Chap yon paneldagi „Sahifa haqida maʼlumot“ boʻlimida faqat oldingi 30 kunlik sahifa koʻrishlari koʻrsatiladi.
  • Oʻlik havolalarni tuzatish. Agar ular havola qilgan sahifa Internet arxivida arxivlangan boʻlsa, buzilgan havolalar tuzatiladi. Ularni tuzatish sahifa tarixida yozuv yaratadi.
    • Oʻlik havola qidiruvchisida belgilash katakchasi mavjud boʻlib, u belgilanganda Internet arxivida hali bogʻlanmagan sahifalarning zaxira nusxalarini yaratadi. Bu The New York Times kabi yirik manbalar uchun talab qilinmaydi, lekin yoʻqolish ehtimoli yuqori boʻlgan sahifalar uchun foydalidir.

Tarix sahifasidan foydalanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umumiy koʻrinish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarix sahifasida:

  • Sahifaga kiritilgan barcha oʻzgarishlar teskari xronologik tartibda keltiriladi.
  • Muayyan bir tahrirni koʻrish uchun sanani bosish kerak.
  • Eski tahrirni hozirgisi bilan solishtirish „joriy“ tugmasini bosish kerak.
  • Biror tahrirni undan avvalgisi bilan solishtirish uchun „avvalgi“ tugmasini bosish kerak.
  • Ikkita muayyan tahrirni solishtirish uchun chap ustundan eskiroq tahrirning tugmasini va oʻng ustundan yangiroq tahrirning tugmasini tanlang, soʻng „Versiyalar orasidagi farq“ tugmasini bosing.
  • Oʻzingizning yoki boshqa birovning tahririni bekor qilish (qaytarish) uchun „bekor qilish“ havolasini bosing. Qoʻshimcha maʼlumot uchun Vikipediya:Bekor qilish sahifasiga qarang.

Quyida standart Vector 2022 tashqi koʻrinishidan foydalanilgan sahifa tarixining batafsil misoli keltirilgan: