Yonboshqalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yonboshqal’a (Jonbosqal’a) — Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi Yonboshqal’a fermer xo’jaligi hududida Sulton Uvays tog’ining sharqiy etagida Aqchadaryo o’zanidagi qiyalikda qurilgan. Yodgorlik 1939 yilda S.P. Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya - etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari tamonidan topilib 1940, 1946 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Yodgorlikning rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda 200 x 170m, ya’ni 3,4 ga qadimda ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, ular o’rtasidagi yo’lak kengligi 2,80 m. Tashqi devor qalinligi 1,20 m, ichki devor esa 1 m, umumiy devor qalinligi 5 m balandligi 5 – 10 m. Mudofaa devorining pastki qismi paxsadan tiklangan bo’lib, undagi yo’lakning yuqori qismi svod shaklida yopilgan, Paxsa devor poydevorga qurilgan, qo’shimcha devor-protexiyzma mavjud emas, bu devorning balandligi 1,6 m. Devorda shinaklar mavjud emas, paxsa devor ustiga g’ishtdan devor qurilgan, ochiq holatda yo’lak mavjud. Devorda ikki qatorli shaxmat uslubda kamon o’qi uchli shinaklar joylashgan. SHinaklar yo’nalishi yon tomonga egri holda, devor burchaklarida uch shinak bo’lib yon va to’g’ri yo’nalgan. SHinaklar o’rtasidagi oraliq maydoni 1,20 m, ichki tomonda kenglik 18-20 sm, tashqi tomonda esa 0,75 m, ichki qismi samon loy bilan shuvalgan. Paxsa devordan keyingi qurilgan devor teng tomonli g’ishtlar shaxmat uslubida quyilgan 40-40-10 sm, ular yon va pastki qismlarida 0,3- 0,5 sm loy qatlami mavjud, g’ishtlarda aylana, yarim aylana, ikki yonma-yon yo’nalgan to’g’ri chiziq va turli belgilarga ega bo’lgan tamg’alar uchraydi. SHimoliy devor markazida yagona darvoza joylashgan bo’lib, bir necha aylanma daxliz “Labirint” bilan mustahkamlangan. Inshoot to’g’riburchak shaklda, uzunligi 52 m, kengligi 20 m, kirish qismi 3,5 m devordan yon tomonga o’sib chiqishi 18 m labirint devori yo’lakga ega, devor balandligi qal’a devori bilan teng, umumiy maydoni 0,1 ga. Labirint devori ham ma’lum masofada joylashgan kamon uqi uchli shinaklarga ega. Qal’a devori burjlarga ega emas, lekin ko’p sonli shinaklar mavjud. Devor va devor burchaklaridagi shinaklar burj vazifasini bajargan. Darvozadan to’g’ri tomonga kengligi 30 m utgan bo’lib, ichki qismini ikki mahallaga ajratgan, har bir mahalla 200 ta yaqin turli hajmdagi uy xonalari joylashgan. Yodgorlik ibodatxonaga ega, lekin ark mavjud emas. Arxeologik ashyolar asosida yodgorlik mil. av. IV asrda qurilgan bo’lib, milodiy IV asrigacha madaniy hayot bo’lgan.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

Толстов С.П. Древний Хорезм. М, 1948.