Kontent qismiga oʻtish

Yoʻrgʻalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yoʻrgʻalash — ot yoki boshqa to'rt oyoqli hayvonlarda yurishning bir turi, oyoqlarini bir tomonlama qayta joylashtirishdan iborat maxsus harakat.

Ot yoʻrgʻalashi
Tuya yoʻrgʻalashi

Yoʻrgʻalashning xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otning meyordagi harakati bu qadamlash va yoʻrtish, bu harakatlarni bajarganda ot oyoqlarini diagonal bo'yicha ketma-ket joylashtiradi - avval o'ng orqa va chap old, so'ngra chap orqa va o'ng old va hokazo. Yoʻrgʻalash — bu "noto'g'ri" harakatdir. Bu ot oyoqlarini diagonal ravishda emas, balki bir tomonlama joylashtiradi: birinchi navbatda o'ng orqa va o'ng old, keyin chap orqa va chap old. Shu bilan birga, ot yugurayotganda u yoqdan bu yoqqa chayqaladi.

Yoʻrgʻalash tabiiy, tug'ma bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha u sun'iy ravishda rivojlanadi. Tabiiy yoʻrgʻalash otni charchatmaydi.

Yo'rgalsh shuningdek jirafalar, fillar, tuyalar va bazi quvushshoxlilarga (saygʻoq, gnu) ham xosdir. Jirfalar yo'rgalash paytida, oyoqlari uzun bo'lgani uchun, old va orqa oyoqlari bir-biri bilan to'qnashadi.

Yo'rgalsh ot minishda juda qadirlanadi, chunki yo'rgalsh juda tez va chavandoz uchun qulay: ot bir oyog'idan ikkinchisiga o'tadi va deyrli tebranmaydi. Ayniqsa, tekis sirtlarda - dasht yoki choʻllarda uzoq masofalarga yo'rgalsh qulay. Egarlangan ot yo'rgalab soatiga 10 km, kuniga 120 km gacha yo'l bosadi. Biroq, yo'rgalab faqat to'g'ri yugurishi mumkin va burilishlar bajarish qiyin.

Genetik tadqiqotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yo'rg'alsh DMRT3 genidagi mutatsiya bilan bog'liq (DMRT3_Ser301STOP - kodon 301da muddatidan oldin to'xtashga olib keladi). Ushbu mutatsiya "gait keeper" ("yurish himoyachisi") deb ataladi.[1]

Yo'rg'alshga qodir otlar dastlab Islandiya va Angliyada 850-900 yillarda paydo bo'lgan va keyinchalik odamlar tomonidan Yevropaga, keyinchalik esa butun Yevroosiyo, Yangi dunyo va janubiy Afrikaga tarqalib ketgan - sifatli yo'llar yo'qligi va uzoq masofalarga sayohat qilishi, chavandoz egarda sekinroq charchashi kabi sabablar, yo'rg'alshga qodir otlarga talab oshib borishi va ularning keng tarqalishiga olib kelgan.[2]

  1. Yong, Ed (30.08.2012). „One gait-keeper gene allows horses to move in unusual ways“. Discover. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  2. „The origin of ambling horses“. Current Biology. 08.08.2016. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)