Yoʻrma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo`rmadan yoʻnaltirildi)

Yoʻrma — badiiy chok turi; kashtadoʻzlirda zanjirsimon koʻrinishga ega. Igna, ilmoqli bigiz bilan tikiladi. Y. chokida tikilganda matoning oʻng tomonida halqalar zanjiri, teskari tomo-nida esa toʻgʻri chiziqlar hosil boʻladi. Ilmokli bigiz bilan kashta tikayotganda matoning eng quyi qismidan boshlab yuqoriga tomon tikiladi. Dastlab bigiz sanchilib matoning orqa tomoniga oʻtkaziladi, unga kashtadoʻz orqa tomonidan bir qoʻl bilan tutib turgan ipni ilintirib ipni matoning oʻng tomoniga chiqaradi, bigiz yana sanchiladi, mato yuzasida halqa hosil boʻladi... shu tarzda halqalar zanjiri vujudga keladi. Igna bilan tikkanda yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ignaga oʻtkazilgan ip mato yuzasida bir qoʻl bilan ushlab turiladi, sanchilib chiqqan igna bilan halqa hosil qilinadi. Y. choki bilan koʻpgina jiyaklar, bezak buyumlarning hoshiyalari, shuningdek, katta kashtalarning ayrim qismlari tikiladi. Y. choki tikuv mashinada qam tikiladi, mashina choki popur nomi bilan mashhur. Buxoro, Samarqand, Qashqadaryoda kashtalarning asosiy qismi shu chokda tikiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil