Zax qochirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yerlarni quritishdan yoʻnaltirildi)

Zax qochirish, yerlarni quritish — tuproqdagi ortiqcha namni chiqarib tashlash; melioratsiyankng bir turi. 3. q. tuproqda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay suv, havo, ozuqa va tuz rejimini vujudga keltiradi. Z.q. uchun quritish va sugorish sistemalari quriladi. Arid zonada, jumladan sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida Z.q. yerni anʼanaviy maʼnodagi quritishdan katta farq qiladi. Sugʻoriladigan yerlarda tuproqning qayta zaxlanishi va botqoqlanishi suv omborlari, irrigatsiya kanallari va b. gidrotexnika inshootlaridan suv sizishi natijasida ikkilamchi hodisa sifatida yuz beradi. Yerlarni zax va shoʻr bosishdan saqlash maqsadida katta kanallar boʻylarida kesma drenalar yoki qator vertikal drenaj quduqlari quriladi, asosan, bir necha qator namsevar buta va b. daraxtlar (terak, tol, qayragʻoch va h.k.) oʻtqaziladi. Koʻp hollarda ekin ekiladigan zonalarda Z.q. grunt suvlarining sathi va minerallashuvini pasaytirish va tuprokda gruntni shoʻrsizlantirish ishlari bilan bir vaqtda olib boriladi (qarang Drenaj). Yerlarni qayta zax bosishdan saqlash uchun suv xoʻjaligi obʼyektlari quriladigan zonalarning tuproqmeliorativ va gidrogeologiya sharoitlari ilmiy prognozlanishi shart.

Sharif Hamdamov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil