Yer tuzish xaritasi
Yer tuzish haritasi - yerga egalik qiluvchi xoʻjaliklar hududidagi tafsilotlar (sugʻorish va yoʻl tarmoqlari, aholi yashash joylari va hokazo) va yer turlari (haydaladigan yerlar, bogʻlar, yaylovlar va b.) gorizontal proyeksiyasining kichraytirilgan tasviri. Ye.t.x. aerofotosuratlar asosida maxsus fotografiya asboblari yordamida joy tasvirining toʻla maʼlumotlari bilan tuziladi. Ayrim hollarda Ye.t.x. dala oʻlchov ishlari natijasida tuzilishi mumkin.
E.t.x. 1:10000 va 1:25000, baʼzan 1:5000, 1:50000 masshtablarda tuziladi. Aholi yashaydigan joylar, yer turlari, ekinzorlar va b. yer uchastkalarining Ye.t.x.da tasvirlash yer tuzish ishlarida qoʻllash uchun tavsiya qilingan shartli belgilar bilan ifodalanadi. Ye.t.x. yer tuzish loyihalarining chizma qismini bajarishda, tuproq, sugʻorish, yerlarni baholash va hisoblash haritalarini tuzishda, maxsus agrotexnik, agrokimyoviy, gidrotexnik va b. tadqiqotlar oʻtkazishda, shuningdek, xoʻjalikning yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasini izohlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi. Ye.t.x.larining koʻpaytirilgan nus-xalari viloyat va tuman miqyosidagi yer tuzish, qishloq xoʻjaligi haritalarini tayyorlashda asos qilib olinadi. Ye.t.x. barcha yer tuzish loyihalarining tarkibiy qismiga kiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |