Yem-xashak ratsioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yem-Xashak Ratsionidan yoʻnaltirildi)

Yem-xashak ratsioni - oziq. mod dalari bilan chorva mollarining talab va ehtiyojini qondiruvchi, xoʻjalikdagi mavjud turli yem-xashakdan tuzilgan sutkalik oziq rejasi. R. qayvonning salomatligiga ziyon yetkazilmagan holda ulardan sifatli va muljallangan miqdordagi mahsulot olishni taʼminlashi kerak. Ye.-x. r. tannarxi boʻyicha arzon, biologik toʻla qimmatli va iloji boricha xoʻjalikda mavjud boʻlgan resurslardan tuzilishi kerak. Mollarning mahsuldorlik koʻrsatkichlari va xoʻjalikdagi ozuqa turlariga qarab ratsion vaqti-vaqti bilan oʻzgartirib turiladi.

Sogʻin sigirlar Ye.-x. r. 100 kg tirik vazniga 3,5—5 kg quruq modda miqdorida boʻlishi kerak. Bir kunda 12—13 kg sut beradigan sogʻin sigirlar uchun bir kunlik Ye.-x. r. quyidagilardan iborat: silos — 25 kg , senaj — 8 kg , pichan — 3 kg , omixta yem — 3 kg , osh tuzi — 100 g . Ratsion 1 sutkaga, 1 oyga moʻljallab tuziladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil