Yelena Serova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Serova Yelena Olegovna; qizlik familyasi: Kuznetsova . Yelena Serova 1976-yil 22-aprel sanasida tugʻilgan u rus siyosatchisi va sobiq fazogir hisoblanadi. Yelena Serova2016-yildan 2021-yilgacha Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasida deputat boʻlib ishlagan.

Siyosiy faoliyatidan oldin u 2006-yildan boshlab Roskosmos fazogiri edi . U 2016-yilda kosmonavtlar kengashidan nafaqaga chiqishdan avval 2014-yildan 2015-yilgacha Xalqaro kosmik stansiyaga uzoq muddatli missiyada qatnashgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serova Yelena Olegovna Rossiyaning uzoq sharqidagi Ussuriysk shahriga qarashli Vozdvijenka qishlogʻida tugʻilgan . U 1988-yilgacha Vozdvijenkada yashaydi. Otasi harbiy xizmatga ketganida ular germaniyaga koʻchib oʻtishadi, vaqt oʻtib u Moskvaga qaytadi va aviatsiya institutiga oʻqishga kiradi shu yerda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Mark bilan tanishib qoladi. [1]

2001-yil mart oyida Serova Moskva aviatsiya institutining aerokosmik fakultetini aerakosmik muhandis sifatida tamomlaydi. 2003-yilda u Moskva davlat texnika muhandisligi va axborot akademiyasini bitiradi va iqtisodchi muhandislik sohasi boʻyicha malaka oshiradi.[2]

Kosmonavt sifatidaishlashdan oldin Serova RSC Energia uchun 2-darajali muhandis va missiyani boshqarish markazida faoliyat yuritgan.[2]

2006-yil oktyabr oyida Serova RKKE-14 guruhida bort muhandisi boʻlib ishlaydi va shu vaqdan sinov kosmonavti sifatida tanlab olinadi.[3] U 2009-yilda Star City-da asosiy mashgʻulotlarni tugatgan.

41/42 ekspeditsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serova MRM2 da Kaskad hujayralarini yetishtirish tajribasida sinov namunalari bilan ishlamoqda.

2011-yil oxirida Rossiya kosmik agentligi boshligʻi Vladimir Popovkin Serovaning Xalqaro kosmik stansiyaga uchishini eʼlon qiladi. Serova Yelena 2014-yil 25-sentabr kuni 41/42-ekspeditsiyada bort muhandisi sifatida Soyuz TMA-14M kosmik kemasida sayohat qildi .

  1. NASA. „Preflight Interview: Elena Serova“. NASA (2014-yil 1-avgust). Qaraldi: 2014-yil 26-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 „Cosmonaut Bio: Elena Olegovna Serova“. jsc.nasa.gov (2013-yil yanvar). Qaraldi: 2013-yil 16-fevral. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "NASA BIO" defined multiple times with different content
  3. „Yelena Olegovna Serova“. Space Facts. Qaraldi: 2013-yil 16-fevral.