Yasser Corona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yasser Anwar Corona Delgado (talaffuzi: Yosir Anvar Korona; 1987-yil 28-iyulda Meksikaning Tepic shahrida tugʻilgan) — meksikalik himoyachi.

Yasser Corona
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Yasser Anwar Corona Delgado
Tavallud sanasi 28-iyul 1987-yil (1987-07-28) (36 yosh)
Tavallud joyi Tepic, Meksika
Boʻyi 1.84
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Meksika U18
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2012 Morelia 25 (1)
2009—2010 → Chiapas (ijara) 27 (1)
2010—2011 → Puebla (ijara) 34 (2)
2012—2013 Chiapas 10 (1)
2013 → San Luis (ijara) 15 (1)
2013—2016 Querétaro 84 (7)
2016—2018 Tijuana 17 (1)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Meksika 7 (0)
Boshqargan klublari
2018—2019 Tijuana Reserves and Academy
2022— MeksikaU18
2022 Meksika U20 (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yasser Corona faoliyatini „Monarcas Morelia“ klubida boshlagan. 2006-yil 12-noyabrda u MX ligasida „Amerika“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Yasser Corona „Chiapas“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 2009-yil 26-iyulda u yangi klubi safida „Cruz Azul“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan[1]. 15-noyabr kuni „Atlas“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Yasser Corona oʻzining birinchi golini eng yuqori darajada urgan[2].

Keyingi mavsumda „Monarcas Morelia“ rahbariyati yana Yasser Coronani ijaraga yuborgan. Soʻng u „Puebla“ futbol klubiga oʻtgan. 2010-yil 25-iyulda „Guadalajara“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u klub safida debyut qilgan[3]. 7-noyabr kuni „Monterrey“ futbol klubiga qarshi bahsda Yasser Corona „Puebla“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[4]. 2-noyabr kuni „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Monarcas Morelia“ safida birinchi golni raqib darvozasiga kiritgan[5].

2013-yilning yozida Yasser Corona „Querétaro“ futbol klubi koʻchib oʻtgan. 28-iyul kuni „UNAM Pumas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[6]. 1-avgust kuni „Monterrey“ futbol klubiga qarshi bahsda Yasser Corona oʻzining birinchi golini urgan[7]. 2015- yilda Yasser Corona „Querétaro“ futbol klubiga chempionatning kumush medalini qoʻlga kiritishga yordam bergan.

2016-yilning yozida Yasser Corona „Tijuana“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 16-iyul kuni sobiq jamoasi „Monarcas Morelia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Yasser Corona CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan[9]. Turnirda u Trinidad va Tobago va Kosta-Rika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10].

2016-yilda Yasser Corona AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Yamayka jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[11].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin    Gol
Monarcas Morelia Meksika bayrogʻi Meksika 2006 1 0
Venados Fútbol Club Meksika bayrogʻi Meksika 2007—2009 29 1
Chiapas Fútbol Club Meksika bayrogʻi Meksika 2009—2010 27 1
Club Puebla Meksika bayrogʻi Meksika 2010—2011 34 2
Monarcas Morelia Meksika bayrogʻi Meksika 2011 14 2
Chiapas Fútbol Club Meksika bayrogʻi Meksika 2012 10 1
San Luis Fútbol Club Meksika bayrogʻi Meksika 2013 15 3
Querétaro Fútbol Club Meksika bayrogʻi Meksika 2013—2016 84 8
Club Tijuana Meksika bayrogʻi Meksika 2016—2017 17 1
Umumiy faoliyatida 231 19

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Крус Асуль VS. Чьяпас 0:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 26-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  2. „Чьяпас VS. Атлас 2:3“ (ru). soccerway.com (2009-yil 15-noyabr). 2014-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  3. „Гвадалахара VS. Пуэбла 0:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 25-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  4. „Пуэбла VS. Монтеррей 2:0“ (ru). soccerway.com (2010-yil 7-noyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  5. „Сантос Лагуна VS. Монаркас Морелия 0:2“ (ru). soccerway.com (2011-yil 2-noyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  6. „УНАМ Пумас VS. Керетаро 0:3“ (ru). soccerway.com (2013-yil 28-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  7. „Керетаро VS. Монтеррей 3:3“ (ru). soccerway.com (2013-yil 1-avgust). 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  8. „Тихуана VS. Монаркас Морелия 2:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 16-iyul). 2016-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  9. „Мексика VS. Коста-Рика 1:0“ (ru). soccerway.com (2015—07—20). 2015-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  10. „Мексика VS. Тринидад и Тобаго 4:4“ (ru). soccerway.com (2015—07—16). 2015-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyul.
  11. „Мексика VS. Ямайка 2:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 10-iyun). 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-iyun.