Yarim tun quyoshi (film 2018)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Midnight Sun
Fayl:Midnight Sun 2017.jpg
Rejissyor(lar) Scott Speer
Prodyuser(lar)
  • Jen Gatien
  • John Rickard
  • Zack Schiller
Ssenariynavis(lar) Eric Kirsten
Qaysi asarga
asoslangan
A Song to the Sun
–Kenji Bando
Rollarda
Bastakor(lar) Nate Walcott
Kinematografiya Karsten Gopinath
Muharrir(lar)
  • Michelle Harrison
  • Tia Nolan
Studiya(lar)
  • Boies / Schiller Film Group
  • Wrigley Pictures
  • Rickard Pictures
Distribyutor Global Road Entertainment
Chiqarilgan sanasi
  • 23-mart, 2018-yil(2018-03-23)
Davomiyligi 91 minutes[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $2.8 million[2]
Daromadi $27.4 million[3]

Midnight Sun – 2006-yilgi "A Song To The Sun" deb nomlangan yapon filmi asosida 2018-yil suratga olingan Amerika romantik drama filmi. Film rejissyori Skott Speer, ssenariy muallifi Erik Kirsten boʻlib, bosh rollarni Bella Torn, Patrik Shvartsenegger va Rob Riggl ijro etgan. Hikoya kseroderma pigmentozum yaʼni insonni quyosh nuriga chiqishiga toʻsqinlik qiladigan kasallik bilan kasallangan oʻsmir qiz haqida. U bir bola bilan uchrashganda, unga ahvolini aytishni yoki oʻzini oddiy hayot kechirayotgandek koʻrsatishni tanlashga qiynaladi. Asosiy suratga olish ishlari 2015-yil 12-oktabrda Kanadadagi Britaniya Kolumbiyasi, Vankuverda boshlangan. Film AQShda 2018-yil 23-martda namoyish etilgan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligidan faqat yopiq joyda hayot kechirgan Keti Prays kamdan-kam uchraydigan irsiy kasallik xeroderma pigmentosum kasali bilan kasallangan boʻlib, ushbu kasallik uning toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuriga chiqishiga toʻsqinlik qiladi. U kunduzi vaqtini otasi Jek va eng yaqin doʻsti Morgan bilan uyda oʻtkazadi va ular qizga gʻamxoʻrlik qilishadi. Keti faqat quyosh botganidan keyingina uydan chiqa oladi. Bir kuni kechasi u vokzalda gitara chalib oʻtirganida qizning chalishi Charlining, oʻzi uzoq vaqtdan buyon yoqtiradigan yigitning, eʼtiborini tortadi. Keti toʻsatdan u yerdan ketib qoladi va yon daftarchasini vokzalda unutib qoldiradi. Daftarni esa Charli saqlab qoʻyadi. Ertasi kuni Keti daftarni olish uchun kelganida Charli ham keladi va uni qaytib beradi.

Otasi Ketini ogohlantirganiga qaramay, u Charliga oʻzining ahvolini aytmaydi. Charli Ketini Sietlga bir kechaga olib boradi va ular shahar koʻchalaridagi jonli tomoshaning guvohi boʻlishadi. Tomosha davomida Keti hatto oʻz qoʻshiqlaridan birini ijro etib beradi. Uyga kelgach, ular choʻmilishga koʻlga borib, sohilda olov yoqib qurinishadi. Charli quyosh chiqishini tomosha qilishlari haqida aytganida Keti qoʻrqib uyiga yugurib ketadi. Charli uni koʻtarib, tezda u yerdan olib ketadi, lekin qiz oʻz vaqtida uyiga yetib bora olmaganligi tufayli bir necha soniya davomida quyosh nuri ostida qolib ketadi. Keti uy ichkarisiga yuguradi, Morgan va Jek tez orada uyga kelishadi. Charli old eshik oldida qolib ketadi, Morgan chiqib unga Ketining ahvolini tushuntirib beradi. Shifokorlar baʼzi testlarni oʻtkazganlaridan soʻng, ular Ketining miyasiga quyosh nurlari tekkanligi sababli zararlangan boʻlishi mumkin degan xulosaga kelishadi va uning oʻlimi faqat vaqt hukmida ekanligini aytishadi. Uning miyasida gitara chalishga xalaqit beradigan chayqalishlar paydo boʻladi, shuningdek, u Charlining xabar va qoʻngʻiroqlariga umuman javob berishni ham xohlamaydi.

Oxir-oqibat Jek Ketini Charli bilan gaplashib olishiga koʻndiradi, chunki Charli Ketining ahvoliga qaramasdan hali ham u bilan birga boʻlishni xohlardi. Charli bir kuni kechasi Ketini tashqariga olib chiqib, uni qoʻshiqlarini yozib olish uchun ovoz yozish studiyasiga olib boradi. Bundan qiz juda hayratda qoladi. Koʻp oʻtmay, qiz oʻz uyida dam olayotganda, Charli unga butun yoz davomida qorovullik qilgan qayigʻiga oxirgi marta chiqishini aytib, uni qayiqda sayr qilishga taklif qiladi. Keti oʻlimdan qoʻrqsa ham, Charli bilan birga qayiqda suzishni orzu qilganliklarini eslaydi va Jekdan kunduz boʻlishiga qaramay Charli bilan birga borishiga ruxsat oladi. Keti Charli bilan birga qayiqda suzib, quyosh nurini his qiladi. Hayotining soʻnggi daqiqalarini sevgan insoni bilan oʻtkazadi va koʻp oʻtmay vafot etadi.

Biroz vaqt oʻtgach, Charli Ketining uyiga borib, Jek bilan hayrlashadi va suzish haqidagi orzularini amalga oshirish uchun joʻnab ketadi. Jek qizi yon daftarini Charli saqlashini xohlaganligini aytadi. Charli yoʻlga chiqqanida Ketining qoʻshigʻini radioda tinglab, daftarda yozilgan samimiy tilaklarni oʻqib ketadi. Maktubda Keti Charliga uning hayotida duch keladigan yangi narsalarni kuzatishini, osmonga qarashini va uni sevishini doimo yodda tutishini aytib oʻtadi.

Aktyorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bella Torn Ketrin „Kati“ Prays rolida
    • Ava Dewhurst yosh Keti rolida
  • Patrik Shvartsenegger Charlz „Charli“ Rid rolida
  • Jek Prays rolida Rob Riggl
  • Morgan rolida Quinn Shephard
    • Odri Smolmen yosh Morgan rolida
  • Suleka Metyu doktor Paula Fleming rolida
  • Nikolas Kumb Garver rolida
  • Ken Tremblett Mark Rid rolida
  • Jennifer Griffin Barb Rid rolida
  • Tiera Skovbye Zoe Karmaykl rolida
    • Jaeda Lili Miller yosh Zoe rolida
  • Ostin Obiajunva Ouen rolida
  • Aleks Pangbern Ues rolida
  • Bleyk Jons rolida Pol MakGillion

Soundtrack[tahrir | manbasini tahrirlash]

Midnight Sun (Original Motion Picture Soundtrack)
Bir nechta qo'shiqchi tomonidan ijro etilgan saundtreki
Chiqarilgan sanasi 16-mart, 2018-yil
Yozib olingan sanasi 2017-yil
Davomiyligi 46:29
Leybl Lakeshore
Midnight Sunga kiritilgan singllar
  1. „Burn So Bright“
    Chiqarilgan sana: 19-yanvar, 2018
  2. „Walk with Me“
    Chiqarilgan sana: 2-mart, 2018
Midnight Sun (Original Motion Picture Soundtrack) track listing
NomiMuallif(lar)Artist(lar)Davomiyligi
1.„Burn So Bright“ Bella Thorne3:22
2.„Reaching“ Thorne2:44
3.„Warsaw“ Morgan Kibby3:52
4.„What's Real“
  • Van Pierszalowski
  • Brian DaMert
  • Greg Sellin
  • Andrew Wales
  • Sara DaMert
Waters3:27
5.„Stockholm“ Adriel3:14
6.„Sweetest Feeling“ Thorne2:07
7.„Walk with Me“ Thorne3:24
8.„Where I Stand“Mia WrayWray3:23
9.„Let the Light In“ Thorne3:18
10.„Katieʼs House“ Nate Walcott2:16
11.„Mom’s Guitar“ Walcott1:36
12.„I’m Old School Too“ Walcott0:52
13.„Facts“ Walcott0:42
14.„Chili Party“ Walcott0:40
15.„Boat Dock Talk“ Walcott1:18
16.„Sailing Sounds Perfect“ Walcott1:15
17.„Wanna Go out on a Real Date?“ Walcott1:23
18.„I’m Not Swimming“ Walcott1:22
19.„Skinny Dip Kiss“ Walcott1:58
20.„Sunrise“ Walcott1:58
Jami davomiyligi:46:29

Chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil oktyabr oyida Open Road Films filmni namoyish qilish huquqini qoʻlga kiritdi. Dastlab 2017-yilning 14-iyuliga rejalashtirilgan ushbu film, 2018-yilning 23-martida[4] birinchi marta ekran yuzini koʻrdi.

Film kassasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Midnight Sun" filmi AQSh va Kanadada 9,6 million dollar miqdorida, boshqa hududlarda 17,8 million dollar, butun dunyo boʻylab esa umumiy hisobda 27,4 million dollar miqdorida daromad qildi.

Tanqidiy javob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotten Tomatoes nomli tanqidiy veb-saytlardan birida koʻrib chiqilgan ushbu film 63 sharh asosida 21% maʼqullandi va oʻrtacha reytingda 4.2/10 hisobida baholandi. Veb-saytning tanqidiy izohlarida shunday deyilgan: „Midnight Sun – bu oʻylab topilgan oʻsmirlik romantikasi boʻlib, afsuski, undagi baʼzi sahnalar haqiqiy hayotdagi kasallikning qoʻpol ravishda oʻzgartiligan tasviri bilan ajralib turadi[5].“ Metacriticda film 14 ta tanqidchiga asoslangan holda 100 balldan 38 ball toʻpladi[6]. CinemaScore tomonidan olib borilgan soʻrovga asosan tomoshabinlar filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „A−“ bahosini berishgan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Midnight Sun“. AMC Theatres. 2018-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-fevral.
  2. Levison, Louise. „Indie B/O Rejusts, Holds Ground“. The Film Entrepreneur. Business Strategies (2018-yil mart). 2018-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-aprel.
  3. Midnight Sun (2018)“. Box Office Mojo. 2018-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  4. Fleming. „Open Road Acquires 'Midnight Sun', Sets Wide Summer Release For Bella Thorne & Patrick Schwarzenegger Pic“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2016-yil 13-oktyabr). 2019-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-mart.
  5. „Midnight Sun (2018)“. Rotten Tomatoes. Fandango. 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: andoza:rt data.
  6. „Midnight Sun Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. 2020-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  7. D'Alessandro. „Does 'Pacific Rim: Uprising' Break Even At The Global B.O.?; 'Black Panther' Sets Marvel Record – Sunday Postmortem“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2018-yil 25-mart). 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-mart.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]