Yapon xalq maqollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YAPON XALQ MAQOLLARI[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli soʻzlarga aytiladi. Maqol fors tilida atamasi bilan yuritiladi. Maqollarda soʻz qimmati alohida yorqin ifodalanadi. Chunki maqollardagi soʻzlarni boshqasi bilan almashtirish, biron soʻz qoʻshish mumkin emas. Ular milliy til tarkibida qoliplashgan holda namoyon boʻladi. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar ogʻzaki ijodida bor boʻlib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga koʻra mushtarak hisoblanadi. Maqollarning janr xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Maqollarning hajmi qisqa va cheklangan.

2. Maqollar mazmunan serkoʻlam va chuqur maʼnoni ifodalaydi.
3. Xalq maqollari shaklan sheʼriy va nasriy boʻladi. Аmmo nasriy maqollar ham sheʼriy misralarni eslatadi.
4. Maqollarda hayotiy voqea-hodisa haqida qatʼiy hukm ifolanadi. Bu hukm musbat yoki manfiy mazmunda aks etadi. 

5. Maqol shaxs hayotidagi xususiy vaziyatni xalq, omma, hayot nuqtai nazardan umumlashtiradi.

6. Maqol matni tilshunoslikda shaxsi umumlashgan gap hisoblanadi. Xalq maqollari tarixi oʻnlab asrlar bilan oʻlchanadi. Xalq maqollarining mazmun koʻlami inson hayotining turli sohalarini qamrab oladi. Inson hayotidagi voqea-hodisalarning cheki yoʻq ekan, maqollar mazmuni chegarasini ham oʻlchab boʻlmaydi. Maishiy hayotdagi kichik bir eʼtiborga arzimaydigandek koʻrinuvchi lavhadan tortib chuqur falsafiy mushohada ifodasigacha maqollar mazmunida oʻz aksini topgan. Maqol va masallar har bir xalq ogʻzaki ijodining katta qismini tashkil qilad. Maqolarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. 

Maqolar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xildir. Vatan, mehnat, ilmhunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Har bir tilning oʻz maqol , matal , frazalari boʻlgani kabi : Yapon tilida ham turgʻun birikmalar, iboralar 慣用句(かんようく—kanyouku)deb ataladi. Maqollar esa 諺(ことわざ—kotowaza)deyiladi.

Bundan tashqari yapon tilida 四字熟語(よじじゅくご—yojigukugo)deb

ataluvchi birikmalar boʻlib, ular ham maqol, ham birikma shaklida kelishi mumkin. Anʼanaviy yapon madaniyati qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlganligi sababli, koʻplab yapon maqollari qishloq xoʻjaligi urf-odatlari va amaliyotlaridan kelib chiqqan. Baʼzilari «GO»oʻyinidan (masalan, fuseki o utsu toshga urish), choy marosimidan (masalan, ichi go ichi e Ichigo Ichikai), Koʻp xilma-xil iboralar Xitoy falsafasidan kelib chiqqan boʻib Xitoy ananaviy maqol va matallari bilan oʻxshash boʻlib koʻrinadi. Yapon maqollari alifbo tartibida joylashtirilgan. Biroq, xitoy klassikalari xitoy atamalariga kiritilmagan va chet elliklarning yaponcha tarjimalari, ular Yaponiyada iqtibos qilinmaganligi sababli iqtibos keltirilmaydi. Anʼanaviy yapon madaniyati qishloq xoʻjaligiga bogʻliq boʻlganligi sababli, koʻplab yapon maqollari qishloq xoʻjaligi urf-odatlari va amaliyotlaridan kelib chiqqan. Baʼzilari «GO»oʻyinidan (masalan, fuseki o utsu toshga urish), choy marosimidan (masalan, ichi go ichi e Ichigo Ichikai), Koʻp xilma-xil iboralar Xitoy falsafasidan kelib chiqqan boʻib Xitoy ananaviy maqol va matallari bilan oʻxshash boʻlib koʻrinadi. Yapon maqollari alifbo tartibida joylashtirilgan. Biroq, xitoy klassikalari xitoy atamalariga kiritilmagan va chet elliklarning yaponcha tarjimalari, ular Yaponiyada iqtibos qilinmaganligi sababli iqtibos keltirilmaydi.

     Xalq maqollari va soʻzlari ularning milliy xususiyatlarini anglash uchun eng yaxshi manbadir.

Yaponiyaliklar odatda maqollardan qisqartirilgan shaklda foydalanadilar, koʻpincha qisqartirish uchun umumiy iboralarning birinchi qismiga ishora qiladilar. Masalan, men "naka no kavazu" (quduqdagi qurbaqa), degan maqolga murojaat qilishim mumkin. Yaniki quduqdagi qurbaqa okeanni tasavvur eta olmaydi. Hamma ingliz tilidagi maqollarda odatda koʻp soʻzli iboralar mavjud („ikkita qushni bitta tosh bilan o'ldirish“), yaponchada esa xitoyliklardan qarz oladi va Isseki nichō (bitta tosh ikkita qush) soʻzini ixcham ravishda yetkazadi. Maqollarning zoʻraki ishlatilishi yapon tilini aniqlashtiradi, dalillarni yapon animatsiyasi va manga-larida topish mumkin, ammo ular yangiliklar va madaniy dasturlarda va koʻpgina fantastika asarlarida ham uchraydi. Har bir xalqda boʻlgani kabi asrlar davomida shakllanib kelgan maqol va matallar yapon xalqida ham yetarlicha topiladi. Nafaqat yetarlicha topiladi balki, boshqa xalqlara uchratish qiyin boʻlgan maqollar va ibratli gaplarni uchratishimiz mumkin. Asrlar davomida shakllanib sayqal topib hozirgi koʻrinishda paydo bo’ladi.[1]


猿も木から落ちる(さるもきからおちる hatto maymun ham daraxtdan yiqilib turadi~Hamma ham adashadi; 井の中の蛙大海を知らず(いのなかのかえるおおうみしらず) quduqdagi qurbaqa okean u yerdan yaxshi ekanligini qayerdan bilsin~ ushbu maqol dunyoqarashni kengaytirish lozimligi haqida; 二兎を追う者は一兎も得ず(にとうをおうものはいっとうもえず) 2ta quyonni tutishga uringa odam bittasidan ham quruq qoladi~2ta kemaga osilgan, choʻkib ketadi; 良薬口に苦し(りょうやくくちににがし) yaxshi dori achchiq boʻladi; Sizni oʻylab gapirgan odamning ogohlantirishini eshitirish ogʻir lekin minnatdor boʻlish kerak. 石の上にも三年(意志のうえにも3ねん) tosh ustida 3yil ~ bu maqol insonni qatʼiy va sabrli boʻlishga, boshlagan ishini oxirigacha yetkazib qo'yishga undaydi. Toshga oʻtirganda sovuq boʻladi, lekin sekinsekin isiydi. Agar biron nima qiyin boʻlsa ham sabr bilan davom ettirilsa albatta uddalash mumkin. ~Sabrning tagi sariq oltin. 案ずるより産むが易しい(あんずるよりうむがやすしい) qoʻrquv xavfdan koʻra katta - baʼzida urinish kutilgandan osonroqdir. 見ぬが花(みぬがはな)voqea-hodisa, narsani koʻrmasdan turib qanday ekan deb hayol surish eng yoqimli lahzalar. Haqiqat bilan hayol orasida tafovut boʻlgani uchun, hayol surib kutish vaqti eng maroqli. 足がぼうになる juda charchab ketganidan oyoqlari yogʻochga aylandi. おにの目にもなみだ toshyurak, yomon odamdan ham koʻz yosh chiqadi. Ya’ni boshqalar dardiga hamdard boʻla oladi. なせばなる faqat takliflarni oʻylab oʻtirib harakatda uni koʻrsatmasa hech qanday natija boʻlmaydi. agar harakat qilsangiz, buni amalga oshira olishingiz mumkin yaʼni unga erishasiz. Harakatda barakat 忙中閑あり(ぼうちゅうかんあり) ish koʻp boʻlib band boʻlsangiz ham, dam olishga vaqt boʻladi. 頭かくしてしりかくさず yomon ishlarni toʻliq yashira olmaslik. Qingʻir ishning qiyigʻi qirq yilda ham chiqadi. 沈む瀬あれば浮かぶ瀬あり(しずむせあればうかぶせあり)agar u choʻkib ketsa u koʻtariladi. Hayotda faqat baxtsizlik va yomonliklardan iborat emas. Shuning uchun koʻnglingni koʻtar. Hayot past balanddan iborat. 盛年重ねて来らず(せいねんかさねてきたらず)yoshlik 2chi marotaba qaytarilmaydi. Shuning uchun undan zavqlanib yashash lozim. Ammo 2chi marotaba yashash imkoni ham yoʻq, shuning uchun afsuslanmaydigan boʻlib, bilim olib va yaxshiliklar qilib hayot kechiring. Hayot bir marta beriladi. 天は自ら助くる者を助く(てんはみずからたすくるものをたすく) Boshqalardan yordam kutmasdan, o’ziga ishonib harakat qilganga Samo(xudo) ham yordam beradi. Intilganga tole yor 悪銭身に付かず(あくせんみにつかず) kir pul inson bilan uzoq turmaydi. Halol ishlab topilmagan pul birkunmas bir kun ziyon keltiradi. ただより高いものはない bepul narsadan qimmat narsa yoʻq. Pul qarzlari minnatdorchilik sababli boʻladigan harajatlarga qaraganda osonroq toʻlanadi. 猫の首に鈴を付ける(ねこのくびにすずをつける) mushuk boʻyniga qoʻngʻiroq ilish. Rejalashtirish jarayonida hammasi yaxshi deb ishlarni o’z bo’yniga olib, amalga oshirish vaqtida bajaruvchining boʻlmasligi haqida aytishda ishlatiladi. 蛙のは蛙 (カエルのコはカエル)-Baqa bolasi qurbaqa. Olma daraxtining tagiga olma tushadi. 火ひのないところに煙けむりは立たたない- Olov yonmagan joyda tutun boʻlmaydi. Shamol boʻlmasa daraxtni uchi qimirlamaydi. 時は金なり- vaqt pul. Vaqting ketdi naqding ketdi. ちりも積つもれば山やまとなる- agar changni toʻplayversangiz u togʻga aylanadi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Aston, William George. A History of Japanese Literature, William Heinemann, 1899.
  2. Birnbaum, A., (ed.). Monkey Brain Sushi: New Tastes in Japanese Fiction. Kodansha International (JPN).
  3. Carol Fairbanks. Japanese Women Fiction Writers, Scarecrow Press, 2002. ISBN 0-8108-4086-3
  4. Donald Keene

°Modern Japanese Literature, Grove Press, 1956. ISBN 0-394-17254-X °World Within Walls: Japanese Literature of The Pre-Modern Era 1600–1867, Columbia University Press. 1976, reprinted 1999 ISBN 0-231-11467-2 °Dawn to the West: Japanese Literature in the Modern Era, Poetry, Drama, Criticism, Columbia University Press. 1984, reprinted 1998 ISBN 0-231-11435-4 °Travellers of a Hundred Ages: The Japanese as Revealed Through 1,000 Years of Diaries, Columbia University Press. 1989, reprinted 1999 ISBN 0-231-11437-0 °Seeds in the Heart: Japanese Literature from the Earliest Times to the Late Sixteenth Century, Columbia University Press. 1993, reprinted 1999 ISBN 0-231-11441-9

  1. McCullough, Helen Craig, Classical Japanese prose: an anthology, Stanford, Calif. : Stanford University Press, 1990, ISBN 0-8047-1628-5
  2. Miner, Earl Roy, Odagiri, Hiroko, and Morrell, Robert E., The Princeton companion to classical Japanese literature, Princeton, N.J. : Princeton University Press, 1985. ISBN 0-691-06599-3
  3. Ema Tsutomu, Taniyama Shigeru, Ino Kenji, Shinshū Kokugo Sōran (新修国語総覧) Kyoto Shobō. 1977, revised 1981, reprinted 1982
  1. McCullough, Helen Craig, Classical Japanese prose: an anthology, Stanford, Calif. : Stanford University Press, 1990, ISBN 0-8047-1628-5
  2. Ema Tsutomu, Taniyama Shigeru, Ino Kenji, Shinshū Kokugo Sōran (新修国語総覧) Kyoto Shobō. 1977, revised 1981, reprinted 1982