Yangi margʻilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yangi Margʻilondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yangi margʻilon — Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1947 yildan). Margʻilon shahar kengashiga qarashli. Margʻilondan 3–4 km janubida. Yaqin temir yoʻlstansiyasi — Margʻilon. Aholisi 23 ming kishi (2004). Shaharda bir necha korxona, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, 4 umumiy taʼlim maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat saroyi, aloqa boʻlimi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, poliklinika, kasalxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Ya.M. dan Margʻilon va Fargʻona shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.