Yangi ahd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yangi Ahddan yoʻnaltirildi)

Yangi ahd — Bibliyaning bir qismi. Qadimgi ahddan farqli ravishda faqat xristianlikda eʼtirof etiladi. 4 injil va boshqalar muqaddas yozuvlar toʻplamidan iborat. Yunon tilida yozilgan. Unda Iso Masihning yerdagi hayoti, u chekkan azob-uqubatlar, koʻrsatgan moʻʼjizalari, tirilishi va boshqalar haqidagi rivoyatlar, pand-nasihatlar bor. taxminan 1-asrning 2-yarmi — 2-asr boshlarida yaratilgan. Yangi ahd xristianlikning paydo boʻlishi tarixini oʻrganishda muhim manbalardan hisoblanadi.