Xurshida Yanboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xurshida Ibniaminovna Yanboyeva (1924.7.6, Toshkent) — terapevtkardiolog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1971). I.V.Sechenov nomidagi 1-Moskva Tibbiyot institutini tugatgach (1948), Toshkent tibbiyot akademiyasi sanitariyagigiyena va pediatriya ftlari gospital terapiya kafedrasida vrachordinator (1949—54), assistent (1955—60). Oʻzbekiston Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1960—66), Toshkent tibbiyot akademiyasi Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriya mudiri (1966—69), Toshkent tibbiyot akademiyasi 2davolash fakulteti gospital terapiya kafedrasida professor (1969—75), ayni vaqtda respublika kardiologlar ilmiy jamiyatining raisi boʻlgan. Ilmiy ishlari kardiologik va revmatologik kasalliklarni oʻrganishga bagʻishlangan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Revmaticheskiye poroki serdsa, T., 1965; Revmatoidnsh artrit, T., 1975 (T.S.Soliyev bilan birgalikda); Ocherki kardiologii jarkogo klimata, T., 1975 (Z.I.Umidova, G.Korolyov bilan birgalikda).