Yalang jabralilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yalangʻoch Jabralilardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yalang jabralilar, yalangʻoch jabralilar — orqa jabrali mollyuskalar turkumi. Chigʻanogʻi va mantiya boʻshligʻi yoʻqolib, ikkilamchi jabralari rivojlangan (nomi shundan). Uz. 20 sm gacha. Tanasi va jabralari qizil tusda. Planktondagi lichinkasi chigʻanogʻini metamorfozdan soʻng tashlab yuboradi. 200 ga yaqin turi dengizlarda tarqalgan. Shilimshiq modda bilan qoplangan tuxumlarini ipga tizib qoʻyadi. Yirtqich boʻshliqichlilar bilan oziqlanganida boʻshliqichlilar tanasidagi otuvchi hujayralari hazm boʻlmasdan Yalang jabralilarning hazm qilish sistemasi orqali uning orqa tomoniga oʻtadi va himoya funksiyasini bajara boshlaydi. Suv tubida, balchiqda, baʼzan planktonda yashaydi.