Yagona iqtisodiy makon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yagona Iqtisodiy Makondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yagona iqtisodiy makon — iqtisodiy ittifoqqa birlashgan bir necha davlatlar tomonidan tashkil etiladigan yaxlit iqtisodiy hudud. Xoʻjalik aloqalarini takomillashtirish, iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va mehnat resurslarining erkin harakatini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu makonga kirgan davlatlar, shuningdek, korxonalar, xususiy firmalar, kompaniyalar uchun bir xil raqobat sharoitlari yaratiladi. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishi obʼyektiv iqtisodiy jarayon. U ixtiyoriylik va oʻzaro manfaat asosida kechadi va bir necha milliy xoʻjaliklarda iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga qaratilgan oʻzaro ishlab chiqarish, savdosotiq va madaniy aloqalarni muntazam rivojlantirish negizida jamiyatda yangi sifat oʻzgarishlarini vujudga keltiradi. Yagona iqtisodiy makonm. integratsiyaning yuqori darajasi boʻlib, uning shakllanishi uchun muayyan bosqichlar oʻtilishi kerak.

YA.i.m. shakllanishi uchun mamlakatlar oʻrtasida savdoiktisodiy hamkorlik moddiy asos hisoblanadi. Bunday hamkorlikda mamlakatlar oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama savdoda eng qulay sharoitlar rejimini yaratib berish, ikki tomonlama soliq solishga barham berish haqidagi kelishuvlar asosiy oʻrinda turadi. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishidagi keyingi bosqich — erkin savdo zonasining tashkil topishidir. Erkin savdo zonasida mamlakatlar tarif va notarif chegaralashlarni, yaʼni bojxona toʻlovi, kvotalar va boshqalar toʻsiqlarni olib tashlashni taʼminlaydilar. Yagona iqtisodiy makonm. shakllanishi tomon qoʻyiladigan keyingi qadam — bojxona ittifoqidir. Bojxona ittifoqi erkin savdo zonasidagi mamlakatlarning uchinchi mamlakatlarga nisbatan kelishilgan siyosat yuritishini ishlab chiqishdan boshlanadi. Bojxona ittifoqining yuqori bosqichi — yagona bojxona hududi hisoblanadi. U ichki bojxona chegaralarini asta-sekin bekor qilish va bojxona ittifoqi boshqaruv organlarini tashkil qilishni koʻzda tutadi.

YA.i.m. shakllanishida keyingi bosqich hisoblangan umumiy bozor bojxona ittifoqi transformatsiyasi asosida zaruriy iqtisodiy sharoitlarining yetilganlik darajasiga qarab shakllanadi. Umumiy bozor sharoitida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapitallarning hudud boʻylab erkin harakat qilishiga keng yoʻl ochib beriladi. Shuningdek, moliya, bank, sugʻurta va boshqalar sohalarda muvofiqlashtirilgan siyosat yuritiladi.

YA.i.m.ga birlashayotgan mamlakatlarda mashinalashgan i. ch. chuqur ixtisoslashgan boʻlishi, iqtisodiy rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin boʻlishi, shuningdek, hududiy birlikni tashkil qilishi kerak.

YA.i.m.ni bozor iqtisodiyotining fantexnika sharoitidagi rivojlanishi keltirib chiqardi, chunki u chuqur ixtisoslashuv va iqtisodiy tenglashuvni va yuksak samaradorlikni taʼminlaydi. Mas, hozirgi davrda Gʻarbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasida 25 ta mamlakat birlashgan boʻlib, bu mamlakatlar hududida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va kapital aylanish erkin harakat qiladi. Yevropa Ittifoqi jahonning 7 % aholisiga ega boʻlgan holda jahon yalpi mahsulotining qariyb uchdan bir qismini ishlab chiqaradi va jahon eksportining qariyb yarmi uning hissasiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, mavjud AQSH— Kanada, Lotin Amerikasi mamlakat’lari Yagona iqtisodiy makonm. zonalarida ham ishlab chiqarish barqaror rivojlanib bormoqda. 2004 yil iyunda boʻlib oʻtgan MDH davlatlari rahbarlari yigʻilishida (Ostona shahri, Qozogʻiston) Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Rossiya ishtirokida Yagona iqtisodiy makont. tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Toʻliq shakllangan Yagona iqtisodiy makonm. doirasida iqtisodiy faoliyatning yuqori darajadagi birligi va oʻzaro muvofiqlashuviga erishiladi, yagona valyutadan foydalaniladi, yagona bojxona bojlari joriy etiladi, yagona iqtisodiy siyosat asoslari yaratiladi.