Fotoyadro reaksiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yadro fotoeffektidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Fotoyadro reaksiyalar, yadro fotoeffekti — atom yafosining ukvantlarni yutishi natijasida protonlar r, neytronlar p yoki murakkabroq zarralar (deytronlar, azarralar va h.k.) chiqarishi. Koʻp tarqalgan Fotoyadro reaksiyalar: (u,p). (u,r), (u, 2p), (u, rp). Deytron, azarra va h.k. murakkab zarralar chiqariladigan jarayonlarning ehtimolligi kamroq. Boʻlinuvchi yadrolarda katta ehtimollik bilan (u, f) fotoboʻlinish reaksiyalari boradi. ukvantlarning energiyasi zarralarni chikarishga yetmaganda fotonlarning elastik (u, u) va noelastik (u, /) sochilishi yuz beradi. u kvantlarning energiyasi me.zonlarning tugilish energiyasidan katta boʻlganda, yadroning boʻlinishi bilan birga fototugʻilish (mas, pionlarning) jarayonlari ham boradi. Har qanday yadro reaksiyasi kabi Fotoyadro reaksiyalar ham ukvantlarni yutishning effektiv kesimi o bilan tavsiflanadi. a ukvantning energiyasi Yeu ga bogʻliq. <s(E^j bogʻlanishning xususiyati gigant rezonans deb ataluvchi katta maksimumning mavjudligidir. Bu maksimumning kengligi bir necha MeV tartibida boʻlib, yengil yadrolar (12S, 16O) uchun Yeu 20— 25 MeV, oʻrta va ogʻir yadrolar uchun 13—18 MeV soxdeida joylashgan.