Yaʼjuj va Maʼjuj
Yaʼjuj va Maʼjuj (arabcha: يأجوج ومأجوج) — iudaizm, xristianlik va islom dinlarida 2 yovvoyi xalqning nomi. Afsonalarda Yaʼjuj va Maʼjujlar uzun boʻyli, keng yagʻrinli, baʼzilarining qulogʻi butun gavdasini qoplab turadigan, qiyomat kuni olamni bosib olib, hammayoqni xarob qiluvchi dahshatli va behisob xalq sifatida tasvirlangan. Qurʼonda Zulqarnayn Yaʼjuj va Maʼjujlar yashaydigan joyga borib, bu xalqlarning yer yuziga yoyilib ketmasligi uchun 2 togʻ oraligʻiga toʻsiq qurdirgani bayon etiladi:[1]
Shunga qaramay ular har kecha toʻsiqni teshib oʻtishga harakat qilganlar, lekin Alloh azonda toʻsiqning teshilgan joyini qaytadan oʻz holiga keltirib qoʻygan. Shu sababli Yaʼjuj va Maʼjujlar toʻsiqni teshib oʻta olmaganlar. Islom rivoyatlariga koʻra, bu xalqlar qiyomat arafasida toʻsiqni teshib oʻtadi, yer yuziga yopirilib, barcha katta daryo va koʻllarning suvini ichib tugatadi, uchragan odamni yanchib, yoʻq qilib yuboradi. Yaʼjuj va Maʼjuj haqida bir qancha hadislar ham kelgan.Yaʼjuj va Maʼjuj haqidagi rivoyat Gog va Magog nomida yahudiy-xristian diniy adabiyotida uchraydi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Каҳф сураси“. Islom.uz. Qaraldi: 2025-yil 7-aprel.
- ↑
„Yaʼjuj va Maʼjuj“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Ya-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Сухайл Тармахомед. „Яджудж и Маджудж (Гог и Магог)“ (deadlink). Askimam.ru (2012-yil 4-iyun). 2013-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-iyul.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |