Xurshoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(to‘liq ismi: Xurshoh ibn Qubod al-Husayniy; tug‘ilgan yili ma’lum emas, 1565 yili vafot etgan) – tarixchi olim; elchi. Asli iroqlik; keyin Hindistonga ketib qolgan va Nizomshohlar sulolasi (1491-1633)dan chiqqan Ahmadnagar podshosi Burxon Nizomshoh I (1508-1553)ning xizmatiga kirgan. 1545 yili o‘sha podshoning elchisi sifatida Kazvinga, shox Tahmosp I huzuriga bordi va 1563 yilga qadar Kazvinda turdi. Xurshoh o‘z hukmdori Burxon Nizomshohga atab “Tarix-i elchi-yi Nizomshoh” (“Nizomshoh elchisining tarixi”) nomli asar yozgan. “Tarix-i elchi-yi Nizomshoh” umumiy tarix tipida yozilgan asar bo‘lib, Odam Ato va Momo Havo zamonidan to 1562-63 yillargacha musulmon mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan voqealarni bayon etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).