Xurshid Shamsutdin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xurshid Shamsutdin (asl familiyasi — Sharafutdinov) — oʻzbek sovet shoiri, dramaturg, teatr arbobi, rejissor va tarjimon. U 1941-yilda  Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi boʻlgan. Oʻzbek musiqa drama janrining yaratuvchilaridan biri hisoblanadi.

Xurshid Shamsutdin 1892-yil may oyida Oʻzbekistonda tugʻilgan. U ijodining gullagan pallasi ayni 1912-yildan boshlanadi. Sheʼrlar, qissalar, komediyalar va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi sanaladi. Dramaturg 1915-yilda sahnada debyut rolini ijro etadi. U Toshkentdagi „Turon“ havaskorlar truppasida ozarbayjon, tatar va oʻzbek mualliflarining spektakllarida bir qator yumorga boy va oʻtkir xarakterga ega rollarni ijro etgan.

Xurshid Shamsutdin 1960-yil 13-sentabrda vafot etadi.

Tanlangan asarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1918-yilda „Yangi va koʻhna“ qissasi
  • 1918-yilda „Savodsiz boy“ qissasi
  • 1919-yilda „Kichik askar“ qissasi
  • 1920-yilda Siyovush oʻlimi fojeasi
  • 1920-yilda „Temirchi oʻgʻli“ dramasi
  • 1920-yilda „Turkiston“ tarixiy dramasi
  • 1924-yilda „Qaysi biri yaxshiroq“ musiqiy komediyasi
  • 1926-yilda „Kulgi va koʻz yoshlar“ musiqiy komediyasi va boshqalar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]