Xurrak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xurrak otishdan yoʻnaltirildi)

Xurrak, xurrak otish — nafas yoʻlidan oʻtayotgan havo oqimi taʼsirida hosil boʻladigan tovush. Bunga kichik tilchaning havo oʻtayotganda tebranishi, yaʼni vibratsiyasi sabab boʻladi. Ogʻizni ochib (baʼzan ogʻiz yumuq boʻlganda ham) va chalqancha yotib uxlaganda kishi X. otadi, chunki bunda yumshoq tanglayning oʻta boʻshashishi uchun sharoit yaratiladi.

Burunhalqum tuzilishidagi oʻziga xos tugʻma xususiyatlar yoki surunkali yalligʻlanish kasalliklari: shumov, gaymorit, tonzillit, pnevmoniya, astma, shuningdek, burun poliplari va adenoidlar ham X. otishga sabab boʻladi. Baʼzi kasalliklarda, mas, difteriyadan soʻng paydo boʻlgan yumshoq tanglay falajida, miyaga qon quyilganda, miya ezilganda ham bemor X. otishi mumkin. Koʻp X. otadigan odam yonboshlab yotishga, yostigʻi iloji boricha baland boʻlishiga harakat qilishi lozim; mexanik mikromassaj, issiq qilish, ultratovush, lazer kabi muolajalar yaxshi naf beradi. Burundan normal nafas olishni tiklash maqsadida baʼzan xirurgik operatsiya qoʻllanadi.