Xudo assambleyalari
Xudo assambleyalari - 1914-yilda AQSHning Arkanzas shtatida asos solingan. Markazi Missuri shtatining Springfild shahrida joylashgan. Bu cherkov a’zolarining soni 2 milliondan ortiqni tashkil etadi. Ushbu cherkov pyatidesyatniklikning muqaddas uchlik, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirish, “xudo bilan notanish tilda gaplashish”(glossaliya) kabi g‘oyalari qatoriga, e’tiqod orqali shifo topish, Isoning ikkinchi qaytishi, o‘liklarning ikki marta qayta tirilishi, Isoning 1000 yillik podshoqligi va balog‘atga yetganlarni suvga butunlay botirish orqali cho‘qintirishdek aqidalarni ham qo‘shgan. Assambleya boshida 2 yilda bir yig‘iladigan Markaziy kengash turadi. Ular 16 nashr, jumladan, ayollar va bolalar uchun jurnallarga, bir necha kollej va Bibliya maktablariga egalar. Xudo Assambleyalari cherkovi 98 mamlakatda o‘z jamoalariga ega, 71 mamlakatda missionerlik faoliyatini olib boradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 407-408.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |