Xromosoma kasalliklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xromosoma Kasalliklaridan yoʻnaltirildi)

Xromosoma kasalliklari - xromosomalar soni yoki tuzilishining oʻzgarishi bilan kechadigan irsiy kasalliklar. Xromosomalardagi u yoki bu oʻzgarishlar mutatsiyalarning bir turi hisoblanadi. Agarda xromosoma mutatsiyalari jinsiy hujayralar yoki urugʻlangan tuxum xujayralari boʻlinishining birinchi bosqichlarida yuzaga kelsa, ular rivojlanayotgan organizmning koʻpgina hujayralaga oʻtadi, natijada qator rivojlanish nuqsonlari kuzatiladi. Xromosomasida meʼyordan tashqari oʻzgarishlar bor embrionlar tugʻilgunga qadar nobud boʻladi, oʻlik tugʻilgan chaqaloqlarning 6%i xromosomalarida buzilishlar borligi aniqlangan.

Xromosoma kasalliklariga, asosan, xromosomalarning ikki xil oʻzgarishi sabab boʻladi; ulardan birinchisida xromosomalar sonining oʻzgarishi kuzatiladi. Masalan, uch toʻplam xromosomali tugʻilgan bolalar uzoq yashamaydi. Xromosoma kasalliklarining koʻpchiligida bir juft xromosomalarning birida qoʻshimcha xromosomalar paydo boʻladi (trisomiya). Koʻpincha trisomiya 21 xromosomada vujudga keladi, bunda Daun kasalligi rivojlanadi. Boshqa hollarda, jinsiy xromosomalar soni oʻzgaradi, mas, xromosomalar toʻplamida Xxromosomalar soni beshtagacha, Yxromosomalar — uchtagacha koʻpayadi. Xromosoma kasalliklarida jinsiy aʼzolar holati va jinsiy yetilishi buziladi, bepushtlik rivojlanadi. Ayrim Xromosoma kasalliklari jins bilan bogʻliq boʻladi. Masalan, ayollarda koʻproq ShereshevskiyTerner va Xtrisomiya sindromi, erkaklarda esa Klaynfelter sindromi kuzatiladi, bunda Xxromosoma ortikcha uchraydi.

Xromosomalarni aniqdash usullari takomillashuvi bilan alohida u yoki bu xromosomatsing oʻzgarishi bilan bogʻliq koʻpgina tugʻma rivojlanish nuqsonlari qayd etilmoqda. Bunda anomaliyalar kuchsizroq namoyon boʻlib, faqatgina ayrim aʼzo va toʻqimalar bilangina bogʻliq boʻladi. Masalan, 13 xromosomadagi mutatsiya hisobiga bolalar koʻzi sklerasida bir tomonlama yoki ikki tomonlama retinoblastoma (oʻsma kasalligi) rivojlanadi.

Koʻpincha Xromosoma kasalliklari bor bolalar sogʻlom otaonalardan tugʻiladi. Xavfli guruhga, asosan, katta yoshdagi ayollar kiradi (35—40 yoshdan soʻng), ularda Daun va Xromosoma kasalliklarilar bilan tugʻilish bir necha bor oshib ketadi.

Hozirgi Toshkent shahrida Respublika skrining markazi va viloyat markazlarida uning filiallari mavjud, u yerda mutaxassislar homilador ayollar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarda irsiy kasalliklarni erta aniqlashga qaratilgan kuzatuv ishlari olib boradilar, Xromosoma kasalliklariga gumon qilinganda darhol uni oldini olish choratadbirlari amalga oshiriladi. Xuddi shu maqsadsa oilaviy poliklinika va tibbiygenetik maslahatxonalar faoliyat koʻrsatadi.