Xoja jarroh yodgorlik majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xoja jarroh yodgorlik majmuasiQarshi shahridagi meʼmoriy yodgorlik (14-asr). Sohibqiron Amir Temur 14-asr oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn alJarroh qabri xokidan keltirib Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-asr 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bosh peshtogʻi burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar boʻlib, panjaralar oʻrnatilgan. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida pardozlangan.