Xoja abdulqodir marogʻiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xoja Abdulqodir Marog'iydan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Xoja abdulqodir marogʻiy (toʻliq ismi Xoja Abdulqodir bin Gʻoibi alHofiz alMarogʻiy) (14-asr 2-yarmi, Marogʻa sh. — 1434/35) — sozanda (ud, chang , nay), xonanda, bastakor va musiqashunos. Hayoti asosan Jaloyirishshr davlatida oʻtgan. Amir Temur uni Bagʻdoddan Samarqandga olib kelgan va 1394—1405 yillarda u Sohibqiron, soʻng Shohrux Mirzo, Xalil Sulton saroylarida umrining oxirigacha xizmat qilgan.

X.A.M. musiqa nazariyasi sohasida boy meros qoddirgan: "Kanz ulalhon" ("Kuylar xazinasi"), "Jome ulalhon" ("Kuylar majmuasi"), "Maqosid ulalhon" ("Kuylar hosil qilish oʻrni"), "Sharhaladvor" (Safiuddin alUrmaviyning "Kitob uladvor"iga sharh) va boshqa Shuningdek, u "Kitob uladvor"ni turk tiliga tarjima qilgan. X.A.M. asarlarida Forobiy, Safiuddin alUrmaviy, Mahmud ashSheroziylarning musiqaga oid nazariy fikrlarini rivojlantirib, qator masalalarda aniqdiklar kiritgan (mas, advor ilmida jamlar doiralarining 103 xilini keltirgan). U oʻz davrida qoʻllanilgan 45 cholgʻu (ud, rubob, chang , yotugʻon, ruhafzo, egri, qoʻbiz va boshqalar)ni tavsiflagan. X.A.M. udi murassaʼ deb atalgan torli soz ixtiro qilgan. Bastakor sifatida Sharq xalqlari musiqasida mashhur tasnif, peshrav, amal, savt shakllarida ("TasnifiXoja Abdulqodir", "Amali Boʻston" kabi) kuy va ashula yoʻllari, yangi (Zarbul fath, Chohor zarb singari) doira usullari yaratgan, ularning baʼzilari hozir ham ijro etiladi (mas, turklarda "Qiyor" kuyi va boshqalar). U fors va turk tillarida gʻazallar ham yozgan; gʻazallari ravonligi va musiqiyligi bilan ajralib turadi. X.A.M.ning merosi Eron, Ozarbayjon, Xuroson, Iroq, Turkiya, Oʻrta Osiyo (xususan, Uzbekistan) xalqlari musiqa tarixini oʻrganishda muhim manbalardandir.