Tilash Xoʻjamberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo`jamberdiyev Tilashdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Tilash Xoʻjamberdiyev (1938.10.5, Boʻstonliq tumani Sijjak qishlogʻi — 2001.7.9, Toshkent) — sozanda (chang), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1964). Oʻzteleradiokompaniyasida Doni Zokirov nomidagi xalq cholgʻulari orkestri sozandasi (1961 yildan), xalq cholgʻu ansambli rahbari (1974 yildan). Repertuaridan oʻzbek xalq ("Kurd", "Ilgʻor" va boshqalar) va bastakorlar (F. Sodiqovning "Ishq" kabi) kuylari, oʻzbek (T. Azimovning "Goʻzal diyorim", F. Xarratovning "Yoshlar valsi", T. Toshmatovning "Bahor armugʻoni") va chet el kompozitorlari (U. Hojibekovning "Koʻr oʻgʻli" operasidan raqs, uvertyura va boshqalar) asarlari urin olgan. "Chang taronalari", "Sabolar aytdi", "Shodiyona", "Sarvigul", "Navroʻz navosi", "Gulchexra kiz oʻynasin" kabi chang uchun asarlar yaratgan. X. viloyatlarda xam turli ansambllar (mas, Fargʻona viloyatidagi "Rayhon" ashula va raqs ansambli va boshqalar) tashkil etgan. Belorussiya, Rossiya, Estoniya, Qozogʻiston, Tojikiston kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil