Bogdan Xmelnitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xmelnitskiy Bogdan Mixaylovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bogdan (Zinoviy) Mixaylovich Xmelnitskiy (taxminan 1595–1657.6.8) — ukrain davlat arbobi, sarkarda, Ukraina getmani (1648–57), polyaklar zulmiga qarshi koʻtarilgan mustaqillik urushi rahbari (1648–54). 1637 – 38 yillardagi xalq qoʻzgolonlarida qatnashgan. 1640 yil oʻrtalarida polyaklarga qarshi qoʻzgʻolonga tayyorgarlik koʻrib, kazaklar qoʻshinini tuzgan. 1648 yil qamoqqa olingan, lekin koʻp oʻtmay Zaporojye Sechiga qochgan.

Ijtimoiy, diniymilliy zulmga qarshi qonli va uzoq davom etgan ozodlik urushlari 1648 yil yanvarda Xmelnitskiy boshchiligidagi milliy inqilobga aylangan. Bu urushlarda Qrim xonligi, Rossiya, Shvetsiya, Transilvaniya, Usmonli turk imperiyasi, Moldova va boshqa qatnashgan. Ukraina – Getmanlik mustaqil davlat boʻldi. 1654 yildan murakkab tashqi siyosat va harbiy vaziyat (Polsha qiroli katta armiya yuborgan) oqibatida Xmelnitskiy Moskva bilan davlatlararo harbiy ittifoqtuzgan. Xmelnitskiy mustaqil getmanlik hokimiyatini, cheklangan tashki siyosiy munosabatlar va kazak qoʻshinlarining 60 minglik tarkibini saklab qolish toʻgʻrisida taklif qilgan. Ukraina – Getmanlik xrkimiyatini tashki siyosatda tan olinishiga erishgan. Ukrainaga avtonom huquqi berilgan. Xmelnitskiy ukrain xalqini Polsha hukmronligidan ozod kilishda katta rol oʻynadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Xmelnitskiy Bogdan Mixaylovich" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil