Kontent qismiga oʻtish

Xlorid kislota

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xlorid kislota, HCl - bir asos li kuchli kislota; vodorod xloridning suvdagi eritmasi. Rangsiz tiniq suyuklik, vodorod xlorid hidi keladi; Xlorid kislotaning maksimal konsentratsiyasi 36% dan oshmaydi; bunday konsentratsiyadagi eritmaning zichligi 1180 kg/m3, u havoda tutaydi.

16-asrning oxirida Xlorid kislota osh tuzini temir kuporosi bilan qizdirib olingan. 17-asr oʻrtalarida nemis kimyogari I. Glauber NaCl ga H2SO4 taʼsir ettirib Xlorid kislota olgan.

Sanoatda Xlorid kislota S12 va N2 ni biriktirish yoʻli bilan olinadi. Organik birikmalarni xlorlashda yonaki mahsulot sifatida koʻp miqdorda NS1 hosil boʻladi. 24% va undan ortiq NS1 boʻlsa, "konsentrlangan" kislota deyiladi.

Xlorid kislota kuchli kislota; u suvdagi eritmasida H+ va Cl- ionlarga toʻla dissotsilanadi. Xlorid kislota turli metall xloridlari va xlorli organik mahsulotlar olishda, metallar sirtiga ishlov berishda, turli xil idishlarni, burgʻilash trubalarini karbonatlar, oksidlar va boshqalardan tozalashda, metallurgiyada" rudalarga ishlov berishda, koʻnchilik sanoatida terini oshlashda, lab.da ishlatiladi. Xlorid kislota shisha ballonlarda yoki ichiga rezina qoplangan metall idishlarda saqlanadi va tashiladi.

Gazsimon HCl — zaharli, oʻtkir xidli rangsiz gaz; havoda tutaydi. Kaynash temperaturasi — 84,8°, zichligi 1640 kg/m3. Suvda juda yaxshi eriydi. Xlorid kislota va organik birikmalarning xlorli hosilalarini i.ch.da qoʻllanadi. U kishiga uzok, vaqt taʼsir etganda nafas yoʻllarining yalligʻlanishiga, tishning va meʼdaichak faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi. Konsentrlangan HCl bilan ishlaganda protivogaz, rezina qoʻlqop, poyabzal va fartuk kiyish, koʻzoynak taqish kerak. Meʼda shirasida 0,3% gacha Xlorid kislota boʻladi, u ovqat hazm boʻlishiga va kasal qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarni oʻldirishga yordam beradi. Tibbiyotda meʼda shirasida kislota yetishmaganda buyuriladi.