Xi Geminorum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xi Geminorum - (p Geminorum, qisqartirilgan Xi Gem, p Gem), rasmiy nomi Alzirr /ˈælzər/[1], egizaklar burjidagi yulduzdir. U Egizaklar egizaklarini belgilovchi konturning toʻrt oyoqlaridan birini tashkil qilib turadi. Yulduzning vizual kattaligi 3,35 ni tashkil etadi, bu uni oddiy koʻz bilan koʻrish uchun yetarlicha yorqin darajada ekan. Yulduz parallaks oʻlchovlariga koʻra, uning Quyoshdan masofasi 58.7 yorigʻlik (18.0 parsek) yili deb baholanishi mumkin.

Nomenklaturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geminorum (lotincha Xi Geminorum deb tarjima qilingan) yulduzning Bayer belgisini bildiradir.

U anʼanaviy Al Zirr yoki Alzirr nomini olgan, arabcha ạlzīrẑ al-zirr „tugmachasi“ dan kelib chiqqan. 2016-yilda IAU yulduzlar uchun tegishli nomlarni kataloglash va standartlashtirish uchun Yulduz nomlari (WGSN)[2]boʻyicha ishchi guruhini tashkil qildi. WGSN 2017-yil 30-iyunda ushbu yulduz uchun Alzirr nomini tasdiqladi va endi u IAU tomonidan tasdiqlangan yulduz nomlari roʻyxatiga kiritilgan[1].

Bu yulduz Gamma Geminorum (Alhena), Mu Geminorum, Nu Geminorum va Eta Geminorum bilan birga al-hanʽah „marka“ (tuyaning boʻynida) degan maʼnoni bildirgan edi. Ular, shuningdek, al-nuxat soʻzining qoʻsh shakli boʻlgan "tuya dumlari "da ham bogʻlangan deya aytilgan.

xitoy tilida, 井宿 (Jǐng Su), Quduq (asterizm) degan maʼnoni anglatadi, Xi Geminorum, Mu Geminorum, Nu Geminorum, Gamma Geminorum, Epsilon Geminorum, 36 Geminorum, Zeta Geminorum va Lambda Geminorumdan iborat asterizmga ham ishora qiladi[3]. Binobarin, Xi Geminorumning oʻzi 井宿四 deb nomlanadi (Jǐng Su sì, inglizcha: the Fourth Star of Well)deya nomlanadi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatda bitta yulduz deb hisoblansa ham, Xi Geminorum oʻrniga teng massali ikkita komponentli yulduzlardan iborat spektroskopik ikkilik tizim boʻlishi mumkinligi haqida baʼzi dalillar ham mavjud boʻlgan.

Xi Geminorum F5 yulduz tasnifiga ega IV-V boʻlib turibdi, Quyosh kabi yulduzlarning asosiy ketma — ketligidan uzoqlashish jarayonida boʻlgan subgiant yulduz. U Quyosh massasining taxminan 162% ni tashkil qiladi va taxminlarga koʻra quyoshning yorqinligidan 11 baravar koʻproq nur sochadi deya xuolsa qilingan. Bu energiya yulduzning tashqi qobigʻidan 6,464 k samarali haroratda chiqariladi. Bu yulduzning F tipidagi yulduzlarga xos boʻlgan sariq-oq tus olishiga sabab boʻladi.

Bu yulduzdan rentgen nurlari emissiyasi aniqlangan boʻlib, uning taxminiy rentgen nurlanishi hisoblanishiga koʻra 1.06 × 1029 erg s−1 ga teng deya belgilangan edi. U tez aylanadigan yulduzning spektroskopik belgisiga ega, prognozli aylanish tezligi taxminan 66 km s −1 ga teng hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Naming Stars“. IAU.org. Qaraldi: 2017-yil 16-dekabr.
  2. „IAU Working Group on Star Names (WGSN)“. Qaraldi: 2016-yil 22-may.
  3. (xitoycha) 中國星座神話, written by 陳久金.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kaler, James B., „Al ZIRR (Xi Geminorum)“, SIMBAD, University of Illinois, qaraldi: 2012-01-20