Kontent qismiga oʻtish

Xerosis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xerosis
Qoʻl boʻgʻimlari yuzasining xerodermasi
Belgilari Terining quruqlashishi, qichishish, terining yorilishi
Mutaxassislik Dermatologiya
Sabablari Ba'zi vitaminlar va minerallarning yetishmasligi, quyosh nurlaridan kuyish, xolino ingibitorlarning ta`siri
Xavf omillari Havo nisbiy namligining pastligi, tez-tez cho`milish yoki qo`llarni yuvish
Oldini olish Teri kremlari
Dori-darmonlar Terini namlovchi kremlar

Xerosis, xerosis cutis yoki oddiygina quruq teri — terining haddan tashqari quruqlashib ketishi bilan tavsiflanadigan teri kasalligidir[1].

„Quruq teri“ degan maʼnoni anglatuvchi tibbiy atama xeroderma, lotincha ksero „quruq“ + yunoncha derma „teri“ soʻzlaridan kelib chiqqan.

Koʻp hollarda quruq terini yumshatuvchi yoki namlovchi vositalar bilan xavfsiz davolash mumkin. Xerosis koʻpincha bosh terisi, oyoqlar, qoʻllar, boʻgʻimlar, qorinning yon tomonlari va sonlarda uchraydi. Quruq teriga xos boʻlgan simptomlar asosan yorilishlar paydo boʻlishi va qichishishdan iborat boʻladi[2].

Xerodermada qoʻllarning koʻrinishi

Xeroderma juda keng tarqalgan kasallikdir. Koʻpincha qishda, tashqarida sovuq, ichkarida esa issiq havo boʻlgani sababli yuzaga kelgan past nisbiy namlik sababli kelib chiqadi. Bunday ob-havo terining namligini yoʻqotilishiga olib keladi va teri quruqlashib, yorila boshlaydi. Bundan tashqari tez-tez choʻmilish yoki qoʻllarni yuvish, ayniqsa sovun ishlatilsa, xerodermaning rivojlanish xavfi yanada ortadi. Xerodermiya A vitamini, D vitamini, sink yetishmovchiligi, tizimli kasallik yoki baʼzi dori vositalarining taʼsiri natijasida ham kelib chiqishi mumkin[3][4].

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda oʻsimlik moylari, neft moylari, lanolin asosidagi koʻplab kremlar va losonlar keng tarqalgan. Profilaktik chora sifatida bunday mahsulotlar terining quruqligini oldini olish uchun zararlangan hududga surtilishi mumkin.

Taʼsirlangan hududga yumshatuvchi vositalar yoki teri losonlari/kremlarini bir necha marta surtish (odatda bir necha kun davomida) xerodermaning tezda yoʻqolishiga olib keladi. Xususan, vazelin, oʻsimlik moylari va mineral moy kabi namlikka nisbatan yuqori darajada okklyuziv toʻsiqlarni qoʻllash yaxshi natija beradi[5].

Qoʻy junidan olingan lipidlarning tabiiy aralashmasi boʻlgan lanolin, inson terisidagi tabiiy lipidlarni almashtirishga yordam beradi va qadim zamonlardan beri (va zamonaviy tibbiyotda) xerodermani davolashning eng kuchli vositalaridan biri sifatida qoʻllanadi. Biroq, baʼzi odamlarning lanolinga nisbatan allergiyasi boʻladi va qoʻllanilganda aks taʼsir koʻrsatadi[6]. Bundan tashqari, sof lanolin mumsimon modda boʻlib, koʻp odamlar uchun quruq terida (ayniqsa, tananing katta joylarida) umumiy foydalanish uchun qiyin va noqulay hisoblanadi. Shuning uchun ham nisbatan foydalanish qulayroq boʻlgan lanolin birikmalaridan foydalanilgan bir necha xil kremlar ishlab chiqarilgan va ushbu kremlar amaliyotda keng qoʻllanadi.

Xavfsizlik choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina terini namlantiruvchi kremlarga xushboʻylantiruvchi moddalar, parabenlar va lanolin qoʻshiladi. Bu moddalar esa allergiya berish xavfi mavjud. Shu sababli bunday kremlarni qoʻllashda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinishi zarur[7].

  1. „Dry Skin (Xeroderma) - Skin Disorders“. Merck Manuals Consumer Version (2021-yil may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  2. Proksch, Ehrhardt; Berardesca, Enzo (June 19, 2019). "Dry skin management: practical approach in light of latest research on skin structure and function". Journal of Dermatological Treatment 31 (7): 716–722. https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/09546634.2019.1607024. Qaraldi: May 17, 2022. Xerosis]]
  3. „Medical Definition of Xeroderma“. MedTerms (2021-yil 29-mart). 2014-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  4. „Dry Skin (Xeroderma)“. Merck Manuals (2021-yil may). Qaraldi: 2022-yil 17-may.
  5. "Managing Dry Skin". US Pharmacist 30 (3). 2005. https://www.medscape.com/viewarticle/502433. Qaraldi: May 17, 2022. Xerosis]]
  6. R. Wolf (1996). "The Lanolin Paradox". Dermatology 192 (3): 198–202. 
  7. Zirwas MJ; Stechschulte SA (2008). "Moisturizer allergy: diagnosis and management". J Clin Aesthet Dermatol 1 (4): 38–44.