Muzaffar Xayrullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muzaffar Muhitdinovich Xayrullayev (1931.17.11, Qoʻqon 2004.26.3, Toshkent) — faylasuf olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1951). 195455 yillarda Samarqand va Toshkent oliy oʻquv yurtlarida oʻqituvchi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining katta ilmiy xodimi (1955—58), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa boʻlimi mudiri (1958— 59). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti sektor mudiri, soʻng direktor oʻrinbosari (1959—61), direktori (1961—70; 1975—80). Ayni vaqtda Toshkent Davlat Universitetida (1955—57; 1962—65), Toshkent tibbiyot akademiyasida (1957 —60) oʻqituvchi. Oʻzbekiston KP MKda boʻlim mudiri (1970—75). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (1980 —87; 1993—2004). 1987— 89 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi falsafa, iqgisod va xuquq fanlari boʻlimining akad.kotibi, 1988—93 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida boʻlim mudiri. Asosiy ilmiy ishlari Urta Osiyo xalklari falsafiy tafakkuri tarixi, xususan, Forobiy dunyoqarashi, mantiq, etika, estetika, maʼnaviyat va madaniyat nazariyasi masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). "Mexnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).

Manbalar[tahrir]

  • Forobiy va uning falsafiy risolalari, T., 1963; Mirovozreniye Farabi i yego znacheniye v istorii filosofii, T., 1967; Uygʻonish davri va Sharq mutafakkiri, T., 1971; Madaniyat va meros, T., 1975 (hammualliflikda); Farabi. Epoxa i ucheniye, T., 1975; Abu Nasr alFarabi, M., 1982; Mantiq, T., 1993 (hammuallifliqda); oʻrta Osiyoda ilk Uygonish davri madaniyati, T., 1994.