Xayriddin Saloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xayriddin Saloh (Salohiddinov Xayriddin) (1934.15.1 — Toshkent — 1969.5.6) — shoir. Nizomiy nomidagi Toshkent ped. intining tarixfilologiya fakultetini tugatgan (1957). "Oʻzbekiston madaniyati" (1963—66) gaz. va "Gulxan" jur. da (1968—69) adabiy xodim. "Chashma" (1959), "Ikkinchi imtihon" (1961), "Ishqim va rashkim" (1965), "Tugʻyon", "Naʼmatak" (1969), "Izlar va hislar" (1974), "Shuʼlalar qoʻshigʻi" (1975), "Lirika" (1985) sheʼriy kitoblari va "Laylo", shoir Sultan Joʻra haqidagi "Yangroq hayot" (1969), Toshkent zilzilasiga bagʻishlangan "Toshkent bilan suhbat" (1966) kabi dostonlar muallifi. U. G. Geyne, Bayron, M. Lermontov, T. Shevchenko, R. Hamzatov va boshqalarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.